Abdusalomov Abror

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • Urolog
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi
  • Hayotda insonlarga qat’iyatlilik yetishmaydi, deb hisoblaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Abror Toshkent Tibbiyot Akademiyasida tahsil oladi. U yetuk shifokor, urologiya sohasining professional mutaxassisi bo‘lish niyatida. U hozirda akademiyada sardor. Shuningdek, “Do you know” loyihasining muallifi. Ota-onasining Abrorga bo‘lgan ishonchi uni doimo ruhlantiradi.

TIBBIYOT SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Tibbiyotga yoshligidan qiziqishi, insonlarni davolash istagi bu sohani tanlashga sabab bo‘lgan. Abror o‘z kasbi va erishgan muvaffaqiyatlari orqali yoshlarning o‘ziga ishonchini va qat’iyatliligini oshirishni istaydi. O‘zining yutuqlari orasida nufuzli unversitetga grant asosida qabul qilinganligini, eng kuchli ustozlari borligini, shuningdek, hayotida ishonadigan va doimo birga bo‘ladigan insonlari borligini e’tirof etadi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Asosan o‘qishga kirish jaroyonidagi qo‘rquvlar, o‘ziga nisbatan ishonchsizliklar va katta raqobat kabi omillar Abror uchun qiyinchilik tug‘dirgan. Hozirgi o‘qish jaroyinda tengdoshlaridan iloji boricha o‘zib ketish uchun ko‘p narsalardan voz kechgan. Agar Abrorning orqaga qaytish iloji bo‘ganida, ustozi Ulug‘bek Neov bilan ko‘rishib, ulardan bunchalik qat’iyatlilikka qanday erishganliklarini so‘rar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Abrorning kelajakdagi maqsadlari – “Do you know” loyihasiga respublika talabalarini jalb etish, Janubiy Koreyada magistraturani o‘qib kelish, shuningdek, xususiy klinika ochishdan iborat.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Odamning tashqi ko’rinishga qarab baho berish

Past baho berilganlar-chi?
Iqtidor, fikr

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Pozitiv, hazilkash, boshqaruvchi va intiluvchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Eng asosiysi, hayotda dominant bo‘l

Instagram sahifasi: @doctor_abdusalomov