Abduraxmonov Shoxjahon

  • 24 yosh
  • Bakalavr
  • Shifokor
  • Andijon davlat tibbiyot instituti
  • 2019-yilda anatomiya bo‘yicha xalqaro olimpiadada 1-o‘rinni, 2020-yilda Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro onlayn olimpiadada 1-o‘rinni, 2021-yilda “Samarqand-2020” II xalqaro olimpiadasida 3-o‘rinni egallagan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Shoxjahon shifokor. U shifokorlik kasbi orqali jamiyatimizdagi tibbiyot sohasini o‘z bilimlari va tajribasi orqali rivojlantirish niyatida. Andijon davlat tibbiyot institutida “Medical leaders’ club” talabalar ilmiy jamiyatini jami 30 kishi birgalashib 2020-yilda tashkillashtirdi va hozirda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Klubning maqsadi – tibbiy fundamental fanlarni talabalarga offlayn va onlayn tarzda bepul yetkazish, ularning tibbiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish. Hozirda klub mamlakatning barcha tibbiyot OTM talabalarini qamrab olgan.

SHIFOKOR BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Insonlarga yordam berish istagi shifokor kasbini egallashga turtki bo‘lgan. Uning olib boradigan faoliyati jamiyat uchun manfaatli bo‘ladi, chunki ayrim diagnostika va operatsiya turlari hozircha O‘zbekistonda amalga oshirilmagan. Shularni O‘zbekiston tibbiyotiga olib kirish orqali tibbiyot rivojiga o‘z hissasini qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, imkoniyati bo‘lganda, xayriya tashkiloti ochib, haqiqatdan ham moddiy tomondan qiynalgan aholiga yordam qilish, iqtidorli, bilimli talabalarni ma’lum bir imtihonlar asosida chet el OTMlarida o‘qishi, malaka oshirishini ta‘minlashga harakat qilish niyatida.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

2020-yilda jamoaviy olimpiada jamoasi bilan chiqish vaqti kelganda texnik muammolar paydo bo‘lgan. Ular tayyorlagan materiallar ovozli va taqdimot shaklida bo‘lib, proyektor orqali ovoz kuchaytirgichlar yordamida namoyish etilishi kerak edi. U jamoasini sardori edi va bu vaziyatdan chiqish uchun barchasini jonli tarzda, hakamlar va ishtirokchilar oldida namoyish etishga qaror qildi. Natijada eng yuqori ballarni qo‘lga kiritishgan. Shoxjahonning so‘zlariga ko‘ra, imkoniyati bo‘lsa, O‘zbekistonda taqchil bo‘lgan tibbiy uskunalarni olib kelgan bo‘lardi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

IELTS sertifikatini qo‘lga kiritish, kelgusi 2 yil mobaynida A.D.T.I hamkorlik qiluvchi xorijiy OTMlarda tajriba almashish, talabalarga nafaqat tibbiy fundamental fanlardan, balki klinik fanlar bo‘yicha ham qo‘shimcha darslar berishni kelajakdagi maqsadlaridan biri deb biladi.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Insonning tashqi ko‘rinishiga qarab ortiqcha baho berish

Past baho berilganlarchi?
Insonning o‘ziga yetarlicha baho bermasligi

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Bilimli, iqtidorli, tinib-tinchimaydigan bola

Hayotdagi shioringiz qanday?
Avvalo, zarar keltirma!

Instagram sahifasi: @shoxjahon_abduraxmonov