Abduraximov Abbosbek

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • Zootexnik
  • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
  • O‘zi tahsil olayotgan institutning mutaxassislik kafedrasida kabinet mudiri lavozimida ishlaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Abbosbek baliqchilik sohasida faoliyat olib boradi. Hozirda baliqning yangi zotini yaratishda ish olib bormoqda. Uning faoliyati aholiga arzon va sifatli ozuqa yetkazib berish imkonini beradi. Shu bilan birga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, resurslar tejaladi. Soliqlar to‘lanishi natijasida jamiyatni rivojlantirishda yordam beradi.

AGRONOM BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Abbos bu sohaga yoshligidan qiziqib kelgan. U respublika fan olimpiadasida Umumiy zootexniya fanidan birinchi o‘rinni egallagan. AndQXAI “Agroleaders” zakovat jamoasini tuzib, unda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Ilmiytadqiqotlari o‘z samarasini bermoqda. 2018-yilda “Yagonasan Muqaddas Vatan” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan. 2021-yilda Jahon iste’dodlari uyushmasining xalqaro “Best Singer” unvoniga sazovor bo‘lgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Uning fikricha, u hali mutaxassis darajasiga yetmagan. Bu darajaga yetganda ham o‘rganishdan va izlanishdan to‘xtab qolmasligiga ishonadi. Shunda ham tajribasini oshirib boradi. Erishgan yutuqlari va yaqinlarining e‘tiroflari uni ruhlantiradi. Abbos doimo o‘z ustida ishlashi orqali kelib chiqqan muammolarning oldini olishga harakat qiladi. U kitob o‘qish va musiqa tinglashni yaxshi ko‘radi. O‘z maqsadlariga yetkanidan so‘ng ko‘proq shu narsalarga vaqt ajratish niyatida.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – akademik darajasinini olguncha harakatdan to‘xtamaslik. Hozirda baliqning yangi zotini yaratishda ish olib bormoqda va shuni oxiriga yetkazish ham uning maqadlaridan biri. Keyin esa, u o‘z shogirtlarini tayyorlash niyatida.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Pul

Past baho berilganlar-chi?
Vaqt va mehr-muhabbat

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Hamma narsani biladi, deb o‘ylashadi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Bugungi kunni oxirgisidek yasha

Instagram sahifasi: @abbosbekabduraximov1