Abdullayeva Sayyora

  • 23 yosh
  • Bakalavr
  • O‘qituvchi va tarjimon
  • Qarshi davlat universiteti
  • Ota-onasi uni doimo ruhlatirib kelishadi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

 Sayyora Qarshi davlat universitetida pedagogika yo‘nalishida tahsil oladi. U kelajakda professional o‘qituvchi va yetakchi tarjimon bo‘lishni rejalashtirgan. Shuning uchun u ingliz va nemis tillarini mukammal o‘qib, o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Sayyoraning kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni istashidan maqsadi – yetuk kadrlarni yetkazib berishda o‘qituvchining roli katta ekanligida, shuningdek, jamiyat hayoti ham bilimli va zukko kadrlarni talab qilishi bilan bog‘liq. Sayyora o‘qituvchi kasbi bilan bir qatorda yetakchi tarjimon bo‘lishni ham istaydi, shuning uchun xorij tillarini mukammal o‘rganmoqda. Uning yutuqlari orasida xalqaro ilmiy konferensiya doirasida chop etilgan maqolasi, turli seminartreninglarlarda faol qatnashishini e’tirof qilsa bo‘ladi. Nemis tilidan B1 darajasiga ega.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Sayyoraning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p o‘qib, izlangan. Qiyinchiliklarga bardosh bergan. Ortga qaramasdan faqat oldinga intilgan. Turli xil seminar treninglarda o‘zining liderlik qobiliyatlarini namoyon eta olgan. Erkin fikrlash qobiliyatiga ega. Konferensiyalarda o‘z fikrini dadil va ishonch bilan ayta oladi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning bo‘lg‘usi maqsadlari – yetuk tarjimon bo‘lish, liderlarning lideri bo‘lish va shu bilan birga Vatani uchun foydasi teguvchi inson bo‘lishdir. Agar hamma narsasi bo‘lsa, sport va kitob o‘qish bilan shug‘ullanar edi.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Tashqi ko’rinish

Past baho berilganlar-chi?
Xarakter va xulq

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Lider, tez harakat qiluvchi, ijodkor qiz

Hayotdagi shioringiz qanday?
Intil, izlan , olg’a yur. Sinovlarga tayyor tur

Instagram sahifasi: @bibi18_01