24-oktabr sanasiga ko’ra Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:
Universitet — 27 ta;
Institut — 45 ta;
Akademiya — 3 ta;
Konservatoriya — 1 ta;
Filial — 29 ta;
Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.
Shulardan 53 tasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ta’sarrufiga olingan. “Oliy ta`lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.
Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.
Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko’rinishlari bor:
universitet — oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga gallayotgan sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e`tibor qaraetiladi;
akademiya — oliy ta`lim dasturini bajarishda oliy ta`lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo’nalishga tayyorlaydi;
institut — barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beriladi.