“Ziyo forum” fondi tashkil etilganiga besh yil to‘lganligi munosabati bilan katta tantana va yuqori kayfiyatda yubiley bayrami tashkil etildi.
Ziyo forum har bir yoshning qalbiga haqiqiy ziyo ulashadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, motivatsiya bera oladigan maskan boʻlib, ularga yuksak marralar sari yo‘l ko‘rsatuvchi ko‘prik vazifasini bajaradi.
Yubiley tadbiri to‘rtta bosqichda bo‘lib o‘tdi. Bular:
- Fondning besh yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan qisqa metrajli film taqdimoti;
- Bloger va vazirliklar mas’ullari bilan savol javob va tanishuvlar;
- Tanovvul uchun: osh, kofe – breaklar hamda turli sneklar bilan boyitilgan ajoyib bayram dasturxoni;
- Alohida fotozonalar;
- Doppi Twins va Gruppa COC ishtirokidagi ajoyib konsert dasturi barcha mehmonlarga esda qolarli hissiyotlar va energiya baxsh etdi.
Fond direktori Farmanov Bobur Bahramovich loyihalar, besh yil ichida amalga oshirilgan ishlar hamda kelajakdagi reja va maqsadlar bilan mehmonlarni tanishtirdi.
Bundan tashqari, fondning barcha proyektlari jumladan: “Smart assessment” o‘quv markazi, “Avlod Media”, “Qisqa news”, “Van bob”, “Talabachilik”, “Pro univer”ga alohida to‘xtalib, ularning faoliyati, yo‘nalishi hamda maqsad va vazifalari bilan bayram mehmonlari tanishtirildi.
Taqdimotlar tugaganidan so‘ng mehmonlar blogerlar, san’atkorlar va fond tashkilotchilaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.Shu bilan birga networking hamda fotolarni tarixga muhrladilar.
Fondning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilagan holda, kelajakda bundan ham katta yubileylarni nishonlab, yurtimizdagi ta’lim va uning sifatini oshirishdagi samarali ishlarini uzluksiz davom ettirishdagi ulkan hissalarida yorqin zafarlar tilab qolamiz!