O‘zbek tilini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy loyiha

Ha, «Ziyo Forum» ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi yoshlarga futbolkalar ulashmoqda. Qanday deysizmi? O‘zbek xalq maqollari yozilgan, o‘ziga xos dizaynga ega futbolkalar yangi loyiha ishtirokchilariga taqdim etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: «Ziyo Forum» ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan o‘zbek tilni rivojlantirish, ona-tilimizni yoshlar o‘rtasida ommalashtirish borasida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Ayni kunlarda start berilgan mazkur loyiha ham davlat tili rivojiga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Maqsadimiz o‘zbek tilining jozibasi va boyligini namoyon etuvchi maqollarni ommalashtirish, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni taʼminlashga hissa qo’shishdir.

Biz futbolkalarda quyidagi maqollarni yozilishiga va bu orqali targ’ib qilishga erishdik.

  • Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til;
  • Yuzga kirsang, yuz yil o‘qi;
  • Yuziga qarama, bilimiga qara;
  • Qovun qovundan rang olar;
  • O‘tirgan qiz o‘rnini topar;
  • Tiyin so‘m saqlaydi;
  • Bugungi ishni ertaga qo‘yma;
  • Har ishning bir ustasi bor,
  • Har ustaning bir ustozi bor;
  • Har to‘kisda bir nuqson;
  • Arzimaydi shavlasi,
  • Kuydiradi g‘alvasi;
  • Gap bilguncha, ish bil;
  • Yetti o‘lchab bir kes;
  • Maqsadli bo‘lgan yo‘l topar;
  • Har kimning o‘z fikri bor,
  • Qurbaqaning zikri bor;