“Ziyo forum” – bu imkoniyat!

2019 – yildan boshlab, Yoshlarga doir davlat siyosatini yangicha bosqichga ko‘tarish va yanada rivojlantirish Prezidentimiz topshirig‘i bilan qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘sha qizg‘in jarayonlar orasida butun yoshlar (o‘quvchilar, talabalar) hayoti va ularning bo‘sh vaqtlarini madaniy hordiq olish uchun yo‘naltirish bundan tashqari, zamonaviy kasblarga samarali o‘qitish foizni oshirish maqsadida “Ziyo forum” ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tashkil etildi.

Fond tashkil topganidan tortib, to bugungi kunga qadar yoshlar orasida qator musobaqalar, tanlovlar, master-klasslar, bepul kurslar, madaniy hordiq olish uchun estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar o‘tkazildi. Bu an’analarni fond hozirga qadar davom ettirib, ular orasiga yangi proyektlar, maktab o‘quvchilari va talaba yoshlar uchun “Ziyolilar” almanaxini qo‘shdi. Almanax talaba o‘quvchilar orasida keng ommalashib, qiziquvchilarning soni yanada ortdi. Top 100 talabalarni bir joyga jamlagan “Ziyolilar” almanaxining ilk bor tashkil etilganida, hujjat topshirib uning qatoridan joy olgan Shahrisabz davlat Pedagogika Universitetining yosh va iqtidorli talabasi Marjona Jo‘raqulova almanax haqida shunday deydi:

“Ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi “Ziyo forum” tomonidan tashkil etilgan “Ziyolilar” almanaxining saralash bosqichida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rganimda, albatta bundan foydalanish kerak deb o‘ylaganman. Lekin men birinchi kurs bo‘lganligimga qaramay aynan o‘sha yili shu kitobdan joy olganman. Mana bu yil bitiruvchi kurs talabasi bo‘lsam, shu yaqin uch yil davomida almanax ko‘magi bilan hayotimda to‘g‘ri ma’noda ahamiyati katta bo‘ldi. Negaki, birinchi kurs paytimda tajribam kam bo‘lishiga qaramay ma’lum bir yutuqlarim bo‘lganligi va maktab davrida ijtimoiy faol bo‘lganligim hamda Oliy ta’limdagi birinchi yilim bo‘lishiga qaramay ishtiyoqim ancha baland bo‘lgan. Barcha talabalar orzu qiladigan nomli va davlat stipendiyalariga hujjat ikkinchi kursdan boshlab topshirilgan, shuning uchun menda biroz qo‘rquv va hayajon bo‘lgan, lekin o‘zimga ishonib xalqaro darajadagi yutuqlarim sababli joy almanaxdan egallaganman deb o‘ylayman”

Boshlanishiga “Ziyo forum” fondi uch-to‘rt nafar ishchi-xodim  bilan, bugun bo‘lsa rasman davlat ro‘yxatidan o‘tgan, o‘z muhriga ega, 40 ga yaqin xodimlarni ish bilan ta’minlagan nodavlat jamg‘arma sifatida faoliyat olib bormoqda. Qisqa fursatlarda saviyali loyihalar, ta’limga oid zamonaviy tendensiyalar bilan fond faoliyati butun Respublikamiz bo‘ylab tez fursatlarda tanildi. Yoshlar o‘rtasida ommalashdi.

Har yili “Ziyo forum” tomonidan talabalar uchun qator loyihalar xusuan, g‘olib talaba uchun O‘zbekistonda birinchi marta yillik kontrakni to‘lash yoki Iphone 14 pro max sovrinini beruvchi “Ziyo liga” kreativ musobaqasi o‘tkazildi. Xullas, fond tomonidan ko‘plab rag‘batlantiruvchi loyihalar o‘tkazildi. Minglab talaba-yoshlarning kontrakt pullari to‘lab berildi. Bugungi kunga kelib fond tarkibida to‘rtta bo‘lim: HR ya’ni xodimlar boshqaruvi, Media bo‘limi, Tadbirlarni tashkil etish bo‘limi (Event) hamda “Smart assessment” o‘quv markazi mavjud. Fond faoliyati va yangidan yangi loyihalari bilan batafsil tanishishni xohlasangiz quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz!

Sayt: https://ziyoforum.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/ziyo_forum?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw==

Telegram: https://t.me/Ziyoforum_uz