Yotoqxonalar talablarga javob beradimi?

Avlod Media talabalar turar joyida is’tiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnomada O‘zMu, FarDu, TerDu, UrDu, JIDu, TDYu, QDu hamda Shaxrisabz davlat universitetining 50 dan ortiq talabalari ishtirok etdi.

Qatnashchilarning 86 foizi yotoqxonada yashaydigan talabalar bo‘lib, ularning 67,4 foizga turar joyga joylashishda qiyinchiliklar duch kelmagan ammo, 32,6 foiz talabalarda turlicha mummolar kuzatilgan. Ular quyidagicha; ortiqcha qog‘ozbozliklar, talabalar va ularning ota – onalariga mas’ul xodimlar tomonidan bo‘lgan hurmatsizlik va arizalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar.

Talabalar turar joyidagi sharoitlarni 39,5 % talabalar ijobiy, 46,5 % o‘rta, 14 % qoniqarsiz deb baholashdi. So‘rov natijasida, shuni aniq ayta olamizki yotoqxonalardagi gaz va elekr energiyalari bilan bog‘liq muammolar deyarli  to‘liq bartaraf etilgan. Buning isboti o‘laroq so‘rovni, 41,95 % ijobiy va 3,7 % salbiy baholagan.

 Yotoqxonalardagi sanitar-gigiyenik holatni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan so‘rovni  58,1 %  talabalar yaxshi baholagan bo‘lsa,  44,2 % talabalar qoniqarsiz deb topgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, yotoqxonalardagi ayrim sharoitlar talab to‘liq darajasiga javob bermaydi. Natijada, talabalarning ko‘pchilik qismi yotoqxonada yashashni batamom xohlamaydi.

Yotoqxonaga oyiga qancha miqdorda pul to‘laysiz? Savoliga talabalarimiz 122 mingdan boshlanib, 500 ming so‘mgacha deb javob berishgan. Ammo o‘rta hisobda oladigan bo‘lsak, talabalar uchun yotoqxona to‘lovi 250 ming so‘mni tashkil etadi.

Talabalar turar joyida nimalar o‘zgarishini xohlar edingiz? Anonim so‘roviga talabalar o‘zlarining takliflarini bildirishgan; aksariyat talabalar tarbiyasida nuqsoni bor talabalarni yotoqxonaga olmaslikni, kechki paytda yotoqxonaga kirish soatlarining uzayishtirilishini, darsxonalar doimo ochiq bo‘lishini, doimiy tarzda issiq va sovuq suv tepa qavatlarga borishini, har bir qavat wifi bilan to‘liq ta’minlanishini, yangi gaz plitalari olib kelinishini, yuvinishxonalarining qaytadan to‘liq ta’mirlanishini, har bir xonaga kitobjavonlari qo‘yilishini, xonalar stol va stullar bilan to‘liq ta’minlanishini, o‘z sohasi bo‘yicha yutuqlarga erishgan insonlar bilan haftada bir marta davra suhbatlarini tashkil etishlishi singari takliflar kelib tushgan.

Yotoqxonalar ko‘plab talabalar hayotining muhim qismidir. Ba’zi cheklovlarga qaramay, yotoqxonalar talabalarga o‘qish davomida yaxshi va qulay yashash joylarini taqdim etadi. Shu bilan birga ijtimoiy va talabalar muhitini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.