Yoshlar koʻproq qaysi saytdan foydalanmoqda?

Olimlarning fikricha Oʻzbek tilini rivojlantirish va ommalashtirishning eng samarali usullari bu, oʻzbek tilidagi veb-saytlar, e-kutubxonalar sonini koʻpaytirish, sifatini oshirish; milliy kino va teatr, adabiyot va sanʼat sohasida yangi ruhdagi asarlarni koʻpaytirish; tasviriy oyina tasvirlagan koʻchalarimiz peshtaxtalaridagi yozuvlarni tanqidiy koʻrib chiqishdir.

Bugun ijtimoiy tarmoqlar kirib bormagan makon va manzil yoʻqligini hisobga olib, oʻzbek tilidagi veb-saytlar sonini koʻpaytirishga katta eʼtibor qaratish kerak ekanligini davrning oʻzi talab qilmoqda. Toʻgʻri soʻnggi yillarda Oʻzbek mediamaydoniga blogerlarning kirib kelishi,oʻzbek tilidagi saytlarini koʻpayishiga sabab boʻldi. Ularning hammasi ham oʻzbek tili imlo qoidalariga amal qilgan holda,sof oʻzbek tilida yuritilayotgan va ona-tilimizni ommalashtirishga hissa qoʻshayotgan saytlar deb ayta olmaymiz. Baʼzi manbalarda chetdan kirib kelayotgan soʻzlarni qoʻllab tilimizni qashshoqlashtirishga xizmat qilayotganlar ham yoʻq emas.

Dilorom Jummaniyozova, jurnalist

– Bugun yoshlar kitobdan koʻra internetda koʻp vaqtini oʻtkazishi odatiy holga aylangan, ammo jargonu, varavrizm, chetdan oʻzlashgan soʻzlardan foydalanib, ona – tilimizni notoʻg ʼri qo ʼllab, yoshlar orasida targʼib qilayotgan saytlar ham birtalay. Biz bunday saytlarni tanqid qilish bilan hech narsaga erisholmaymiz, balki ushbu manbalardan foydalanmaslik orqali, uning «podpischiklarini» koʻpaytirmaslik bilan maqsadga erishishimiz toʻgʼri yoʻl. Aziz yoshlar! «Like» orqali qoʻllab-quvvatlashda ham shunchaki eʼtiborliroq boʻlishimiz kerak. Ishonchli manbalardan foydalanish lozim. Bugun talaba – yoshlar oʻrtasida Xushnudbek.uz, DTM.uz, Edu.uz kabi saytlar keng ommalashgan va bularni tilimizni imlo qoidalariga javob bera oladigan saytlar deya olamiz. Istagim shu singari ishonchli manbalardan foydalanish va shunday sahifalarni koʻpaytirish maqsadga muvofiq boʻladi.

Dildora Isoqova, filolog

– Bugun Oʻzbek tilini ommalashtirishda ona-tilimizdagi veb-saytlarni koʻpaytirish asosiy talab desak toʻgʻri boʻladi. Chunki yoshlarga majburlab kitob oʻqitish qiyin va yoshlar ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanadi. Baʼzan internetda tilimizdan noto‘gʻri foydalanib goʼyoki yoshlarga «motivatsiya» berayotgan manbalarni koʻrib kuyunsak, baʼzida o ʼzbek tili rivojiga hissa qoʻ shayotganlarini ko‘rib ko‘zimiz quvnaydi. Filolog sifatida xursand ham boʻlaman. Talaba-yoshlar orasida ommalashayotgan saytlardan biri «Ziyo forum» sayti desam toʻgʻri boʻladi. Bu sayt faoliyatini kuzata turib, yoshlar uchun rang-barang mavzulardagi maqolalar orasida, ona – tili rivojiga bag‘ishlanganlari va bu borada yoshlarning qarashlari berilgani eʼtiborimni tortdi, uslub ham yoshlarbop. Qolaversa, ona-tilini ommalashtirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar orqali xalq maqollarini targʻib qilinishi juda yaxshi oʻylangan loyiha. Oʻylaymanki bu kabi saytlar faoliyatini kengaytirish va koʻpaytirish orqali, tilimizni ommalashtirish yanada osonlashadi.

Mavzu yuzasidan biz mutaxassislarning fikr-mulohazalarini yozdik. Bu bilan yoshlarga ijtimoiy tarmoqlarda faqat, «Ziyo Forum»ni kuzatib boring va unga aʼzo boʻling deyishdan yiroqmiz. Yoki, ijtimoiy tarmoqlarda faollikni qoralamoqchi ham emasmiz, shunchaki bu faollik bilan biroz eʼtiborli boʻling, millatimiz gʻururi hisoblangan ona-tilimizni ommalashtirishga, targʻib qilishga hissa qoʻshing demoqchimiz xolos. Tanlov oʻzingizda.