Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (Shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, quyidagi “Yoshlar daftariga” kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan.
Agarda siz,
- “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi;
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi;
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ATga kiritilgan oila farzandi;
- Salomatligida nuqsoni mavjud va oilasi kam ta’minlangan yosh fuqaro bo‘lsangiz ushbu imtiyoz orqali BHMning 50 foizidan oshmagan miqdorda subsidiya olishingiz mumkin bo‘ladi.
Arizangizni mahalla yoshlar yetakchisiga subsidiya ajratishni so‘rab murojaat qilgan kuningizdan boshlab uch ish kuni ichida hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilishga ko‘maklashadi va ariza beruvchining sog‘lig‘i baholanadi.
Qadrli talabalar! kursdoshlaringiz yoki sizga tanish bo‘lgan talabalar yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy himoya toifasidan biriga kirsa ushbu xabarni yetkazing. Zero, ular ham ushbu imkoniyatdan vaziyat taqozo etsa, foydalana oladi!