Dasturchi kasbi tanlash xatomi?
Talabalardan bizga dasturchi bo‘lishni kelajak kasbi sifatida tanlash, xorijlik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, noto‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkinligi haqida murojaatllar kelmoqda. Maqlada ayni shu kabi fikrlarga oydinlik kiritamiz.
To‘g‘ri, so‘nggi yillarda yurtimizda dasturchilik sohasiga qiziqib, ayni yo‘nalishda tahsil olayotgan yoshlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Dunyo miqyosida ham hozirgi kunda IT-sohasi tez rivojlanib bormoqda va dasturchilar bozorida talab yuqori. Biroq, dasturchi bo‘lishni kelajak kasbi sifatida tanlash, ba’zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, noto‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. Bu haqida Mixail Larchenko — Jahon miqyosida taniqli dasturchi, bloger, va IT mutaxassisi shunday fikr bildiradi:
— “Dasturchilar va IT mutaxassislarining kelajagi haqida prognoz qilishimiz mumkinki, sun’iy intellektning dasturiy ta’minot yaratish jarayoniga olib keladigan inqilobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Dasturlash kasbi o‘zgarishlar boshida turibdi. Sun’iy intellekt yordamida dasturlash jarayonlari tezlashadi va murakkab bo‘lgan vazifalar ham osonroq hal qilinadi. Kelajakda dasturchilar sun’iy intellekt tizimlarini boshqarish va ularning natijalarini tekshirish bilan shug‘ullanadi, ya’ni kod yozishning o‘zi avtomatlashtiriladi. Dasturchilar o‘rni, asosan, arxitektura rejalashtirish, texnik topshiriqlarni shakllantirish va sun’iy intellekt tizimlari bilan ishlashga o‘zgara boshlaydi. Agar dasturchilik kasbini tanlagan bo‘lsangiz, bu qarorni qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘lishi mumkin. Larchenko dasturchilikni 12 yoshida kelajak kasbi sifatida tanlashni tavsiya qilmaydi, chunki sun’iy intellekt dasturlarini yaratishda oddiy kod yozish o‘rnini bosishi mumkin. Sun’iy intellekt tizimlarini yaratishda ishlash esa yangi ko‘nikmalarni talab qiladi. Dasturlashga qaram bo‘lishdan ko‘ra, tizim arxitekturasi, algoritmlar va mantiq, shuningdek, biznesni rivojlantirish kabi ko‘nikmalarni o‘rganish muhimroq.”
Yoshlar uchun talabgir kasb qaysi?
Larchenko yangi kasb tanlayotgan yoshlar uchun strategik yo‘nalishlarga e’tibor qaratishni, tizim loyihalash, g‘oyalar yaratish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni tavsiya qiladi.
Kelajakda talabga ega bo‘lgan ko‘nikmalar quyidagilar:
- Tizimli fikrlash: Umumiy manzarani ko‘ra olish qobiliyati.
- Algoritmik fikrlash: Dasturlash tilidan ko‘ra, muhimroq ko‘nikma.
- Ko‘p yo‘nalishli yondashuv: Turli sohalarni tushuna olish.
- Sun’iy intellekt bilan ishlash: Aniq topshiriqlar berish va natijalarni tekshirish.
Xulosa
Mixail Larchenko, sun’iy intellektning tez rivojlanishi sababli, 5-10 yil ichida oddiy kod yozish kabi vazifalar sun’iy intellekt tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Buning natijasida, dasturchilarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayishi mumkin. Shuning uchun yo ‘nalish tanlayotganda e’tiborli bo‘ling!