Yaxshilikning qaytishi

“Avlod media” yurtimizdagi OTMlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida oliygohlardagi tadbirlar, media-loyihalarni yoritib borish  va  tizimdagi iqtidorli xodimlar, talaba-yoshlarning ijod namunalarini, maqola va hikoyalarini e’lon qilib bormoqda. Navbatdagi maqola Toshkent Tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati rahbari jurnalist Gulchehra Mirzayeva qalamiga mansub.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy nerv tizimining organik kasalliklari orasida, «orqa miyaning birlamchi o‘smalarini davolash  neyroxirurgiya va onkologiyada erishilgan yutuqlarga  qaramasdan  murakkabligicha qolmoqda.» Bemorlar shifokorga asosan og‘ir nevrologik asoratlar (40%-60%) bilan murojaat qiladilar, bu o‘z navbatida nogironlikka, ijtimoiy moslashuvni chegaralashga olib keladi. Jahon adabiyoti ma’lumotlariga ko‘ra, «umurtqalarning yomon sifatli o‘smalarida ikki yillik omon qolish darajasi o‘rta hisobda 54%ni, metastazli zararlanish esa 40%ni tashkil etadi»

                  YAXSHILIKNING QAYTISHI 

2008 yil.

Rasm juda chiroyli chiqibdi doktor, xuddi mashhur aktyorlarga o‘xshaysiz…

“-Eyyy-o‘ylab qarasam, ketma-ket operatsiyalar, konsilium va ko‘chma reanimatsiyalardan ortib sira  rasmga tushmagan ekanman. Kecha hamma ishimdan ortib, o‘zim uchun vaqt topib rasmga tushib keldim. Gulchehraxon bu rasmda sizning hissangiz bor. Bolalarga esdalik qoladi-da” 

ALLO, ASSALOMU ALAYKUM Jahongir aka yaxshimisiz? Buxoroga borayotgandim, teleintervyu qilsak degandim. Tarixiy joyda suhbatlashsak, nima deysiz…?

—Vaalaykum assalom… rahmat Gulchehraxon… men uyda biroz mazzam yo‘qda qizim… e’tibor uchun rahmat. Tuzalib chiqay albatta…

Bu xazin, sokin va sal bo‘g‘iq ovozni darrov ilg‘ab olmadim, to‘g‘risi  tanimadim… suhbat oxirida… shamollabdilar degan  o‘y hayolimdan o‘tdi…. keyin biz uchrasha olmadik. Hayotining deyarli asosiy qismini neyroxirurgiya bo‘limida o‘tkazgan, viloyatning chekka xududlaridagi og‘ir bemorlarni operatsiya qilish uchun  ko‘chma reanimatsiya brigadasi tarkibida  yuzlab operatsiyalarni o‘tkazgan bu fidoiy shifokor bilan so‘ngi suhbatimiz shunday yakun topdi.

Bu voqeaga ancha bo‘ldi. Adashmasam chamasi 15 yillarcha ilgari edi. Turmush o‘rtog‘imni belida qattiq og‘riq turib joyidan qimirlay olmay qoldi. Zudlik bilan tez yordamni chaqirib, o‘zim yaxshi tanigan va ilmini juda qattiq xurmat qiladigan doktorimiz Jahongir Mardonov faoliyat olib boradigan Buxoro ko‘p tarmoqli kasalxonasining neyroxirurgiya  bo‘limiga yetib keldik. Kasbim taqazosi bilan bu bo‘limga tez-tez kelib turganim sababli oddiy farroshdan tortib, bo‘lim bekasi va shifokorlar bizni yaxshi tanishar edi. O‘sha kuni bo‘lim eshigida odam uncha ko‘p emasdi. Bosh hamshira bemorning ahvoli jiddiyligini payqab darhol bizni bo‘lim boshlig‘i xonasi tomon boshladi. Baxtimizga Jahongir Mardonov operatsiya jarayonini endigina yakunlab navbatcha shifokorlarga topshiriq berayotgan ekan. Doktor bizni ko‘rib, qo‘lidagi qog‘ozlarni stol ustiga qo‘ydida, shogirdlari yordamida bemorni tekis joyga yotqizdi. Tajribali  mutaxassis emasmi, nima bo‘lganini bizni savolga tutmasdan to‘g‘ri taxmin qildi. 

–Hamidjon qaltis harakat qildingizmi, og‘ir yuk ko‘targanga o‘xshayapsiz. Og‘riqdan peshonasi tirishib, dardini yashirishga urinayotgan xo‘jayinimning yuzida o‘ziga yarashadigan tabassumi paydo bo‘ldi.

– kecha jo‘ralar bilan “sporlashib”… damasni sal nariga  ko‘tarib qo‘ygandim, dedilar xijolatomuz.

Yaxshi ish bo‘lmabdida, nervlar qisilib qolibdiyu, jo‘ra…. Jahongir Mardonov shunday inson edilar. Tanishini suyub, tanimaganni avaylab gapiradigan, hatto og‘ir holatda kelgan bemoriga ham ming o‘ylab, o‘rnida shirin muomala qiladigan xalq  shifokori edi.

Bu  voqeani bejiz eslamadim. Xalqimizda ot o‘rnini toy bosadi degan ibratli naql bor. 

2024-yil.

Yaqinda Buxoroga shoshilinch  borib kelishimga to‘g‘ri kelib qoldi. Qizimning bel og‘rig‘i sira o‘tib ketmayotganidan xavotirga tushdim. Ketma  ket tug‘ruqdan keyingi xolati meni ona sifatida  qattiq  tashvishga solardi. Qudalarim bilan maslahatlashib, viloyatdagi eng yaxshi doktorlarga ko‘rsatishga kelishib oldik. Bolamni ko‘rib, biroz yonida bo‘lay, har holda  ikki nafar  chaqalog‘i bilan qiynalmasin degan o‘yda bir ikki  kun Buxoroda  bo‘ldik. Viloyat kasalxonasi bosh shifokori neyrohirurg……… maslahatini olib muolajalarni boshladik. O‘qimishli ziyoli odamlarning ilm kishilarining  yetti o‘lchab  bir kesadigan  yaxshi odati borda. Bosh shifokor bu  kasallikni  fizioteropeya  usuli bilan ham davolasa bo‘lishini va bemorning o‘ziga  ko‘p narsa bog‘liqligini aytdi. Markaziy asab tizimi bilan bog‘liq  kasalliklar vaqti-vaqti bilan takrorlanib turarkan. Qizimning bel  qismi va oyog‘ida  ikkinchi marta  qattiq og‘riq tutganida Korea-O‘zbekiston qo‘shma diagnostika markaziga murojaat qildik. 

Shu orada men Toshkentga qaytdim. Qizimning sog‘ligidan kunda  telefon orqali habar olib turardim. Bir kun  U ovozida  ajib kayfiyat bilan –ayajon sizga doktorim salom aytdilar, Mardonovning o‘g‘illari ekanlar…, dedi. Men bu tasodifiy voqelikni yaxshilikni qaytishiga yo‘ydim. Bir paytlar otasi qilgan yaxshilikni bugun farzandi xuddi o‘shanday uslubda otasidan shifo topgan bemorning farzandiga ko‘rsatayotgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tib biz MARDANOV JAMSHID JAHONGIROVICH bilan Buxoroda uchrashdik. Jamshid meni darhol tanidi. Respublika neyroxirurgiya markazida bo‘lgan qisqa suhbatimizni esladi. Ustozi va otasi, men juda qattiq xurmat qiladigan, o‘nlab balki undan ham ko‘pdir teleocherklarim qahramoni Jahongir Mardonovni yodga oldik. Yaxshi kunlardan xotiralarimni biroz so‘zlab berdim. 

Mazkur ocherk men bilan yaxshi insonlarning bugun davom etayotgan ezgu ishlari hususida. 

Xalqimizda  qush uyasida  ko‘rganini qiladi degan ibratli naql naql bor. Donishmand ota- bobolarimiz bilib aytgan bu hikmat mag‘zini otalari ishini munosib davom ettirib eldan duo olayotganlar chuqur his etadilar.

Zamonaviy tibbiyot ilmi rivojiga “orqa miya ekstradural o‘smalarini erta davrlarda aniqlash va miniinvaziv jarroxlik amaliyotlari o‘tkazish imkonini beruvchi klinik-instrumental tekshiruvlar natijalariga asoslangan bosqichli davolash uslubi bilan yangilik olib kirgan yosh olim JAMSHID  Mardanov ana shunday ilmi irmoqlardan  katta ummonga  tutashib borayotgan sulola  vakillaridan biri.

Yosh doktor bir necha yillik ilmiy izlanishlari natijasida orqa miya ekstradural o‘smalarining turi,  gistologik tuzilishi, lokalizatsiyasi bo‘yicha kasallikning differensial klinik kechishi xolatlarini  aniqlashga erishdi.

Natijada umurtqa pog‘onasi tayanch tuzilmasini maksimal saqlagan xolda nerv-tomir ustunini adekvat dekompressiya qilishga imkon beruvchi orqa miya ekstradural o‘smalarini jarroxlik yo‘li bilan davolashning yangi bir usuli ilmiy isbotlab berildi. Natijada:

ekstradural o‘smalari bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash maqsadida umurtqa pog‘onasi tayanch tuzilmasini maksimal saqlagan holda nerv-tomir ustunini adekvat dekompressiya qilishga erishildi. Yana bir muhim jihati mazkur ilmiy tadqiqot sabab kasallik erta davrda aniqlanib, bemordagi og‘riqlar (2 martaga) kamaytirildi.

Bu esa  orqa miya ekstradural o‘smalari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik amaliyotlarini bajarishda xirurgik taktikani tanlash imkoniyati berib innovasion  yondashuv usuli yordamida nerv-tomir ustunini saqlab qolish hamda dekompressiya va stabilizatsiya natijalarini yaxshilash imkoniyatini yaratdi.

Orqa-yon yondashuvini qo‘llash orqali yaxshi sifatli o‘smalarda amaliyot vaqtini 43 minutga, yomon sifatli o‘smalarda 45 minutga, metastatik o‘smalarda 36 minutga qisqartirishga erishildi.

Mazkur uslubiy qo‘llanmalarni  shifokorlar, magistrlar, kursantlar, klinik ordinatorlarni o‘qitish jarayonida foydalanish hamda neyroxirurgiya amaliyotiga keng tadbiq etish.

Ayni kunga qadar bu uslub   Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali, Farg‘ona filiali, Respublika neyroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida uslubiy tavsiyanomalar yordamida joriy qilindi. Shu tariqa Jamshid Jahongirovich  muallifligidagi ilmiy ishlanma: orqa miya ekstradural o‘smalarini tashxislash, davolash va davolash taktikasini tanlash natijalarini yaxshilashga, imkoniyat yaratish natijasida iqtisodiy samaradorlik 1 mln 663 ming so‘mni tashkil etdi.

Nazarimda yaxshilikning qaytishi shu. Insoniyatga xizmat qiladigan otalar ibrati ana shu  kabi  ilmning davomiyligi bilan chambarchas bog‘liqdir.