Yaxshi oʻqimagan talabaning granti olib qoʻyilib, bilimli talabalar oʻrtasida qayta taqsimlanadi

Endilikda, Oliy taʼlim muassasasiga davlat granti asosida oʻqishga kirgan, ammo kelgusida yaxshi oʻqimagan talabadan davlat granti olib qoʻyilib, bilimli talabalar oʻrtasida taqsimlanadi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov 9-may kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilgandi. Bu haqida Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti «Yoshlar akademiyasi» lideri Ozoda Abdullayeva. Shunday deydi:

«Oliy taʼlimdagi islohotlar doirasidagi ushbu yangi tartibni eshitib rosa mamnun boʻldim, rosti. Bu tizim talaba-yoshlarning oʻz ustida ishlashlari uchun turtki boʻladi. Bugun talaba zamon bilan ham nafas boʻlmogʻi, kechagi bilimi bilan cheklanmasdan yangiliklardan doim xabardor boʻlishi, bilim olishdan toʻxtamasligi  davr talabidir. Bu tartib esa ayni shu jarayonda muhim asos boʻladi.

Bu, talaba olgan grant 4 yil ham davom etishi mumkin. Bir yildan keyin olib qoʻyiladi, degani emas. Yaxshi oʻqib, oʻqishini davom ettirishi kerak. Shunda granti davom etaveradi. Lekin, oʻqimay qoʻysa uning granti olib qoʻyilib, boshqalarning oʻrtasida, yaxshi oʻqiydigan talabalarning oʻrtasida taqsimlanadi».