Osiyo Universitetlari Reytingi 2025 natijalar e’lon qilindi
Times Higher Education tomonidan e’lon qilingan Osiyo Universitetlari Reytingi 2025 natijalari e’lon qilindi. Unda 35 mamlakatdan jami 853 universitet baholangan bo‘lib, ro‘yxatning 1-o‘rnida Xitoyning Tsinhua Universiteti joy oldi. 2024-yilda ham aynan 1-o‘rinda Xitoy OTMsi joy olgandi. O‘zbekiston esa bu ro‘yxatdan 3ta OTMsi bilan 201-250 o‘rinlarda qayd etilgan.
2025 yilgi Osiyo Universitetlari Reytingining eng yaxshi 10 taligi
Tsinhua Universiteti, Xitoy – 1-o‘rin (2025) / 1-o‘rin (2024)
Pekin Universiteti, Xitoy – 2-o‘rin (2025) / 2-o‘rin (2024)
Singapur Milliy Universiteti (NUS), Singapur – 3-o‘rin (2025) / 3-o‘rin (2024)
Nanyang Texnologiya Universiteti, Singapur – 4-o‘rin (2025) / 4-o‘rin (2024)
Tokio Universiteti, Yaponiya – 5-o‘rin (2025) / 5-o‘rin (2024)
Gonkong Universiteti, Gonkong – 6-o‘rin (2025) / 6-o‘rin (2024)
Fudan Universiteti, Xitoy – 7-o‘rin (2025) / 8-o‘rin (2024)
Chejiang Universiteti, Xitoy – 8-o‘rin (2025) / 9-o‘rin (2024)
Xitoy Gonkong Universiteti, Gonkong – 9-o‘rin (2025) / 10-o‘rin (2024)
Shanhay Jiao Tong Universiteti, Xitoy – 10-o‘rin (2025) / 7-o‘rin (2024)
Osiyoning eng yaxshi universiteti qaysi?
So‘nggi paytlarda Xitoyda iqtisodiy pasayish va aholi qariyotgani kuzatilsa-da, oliy ta’limda yetakchilikda Osiyoda birinchilikni qo‘ldan boy bermayapti.
2025- bu yilgi Times Higher Education Osiyo Universitetlari Reytingida 25 ta xitoylik universitet eng yaxshi o‘rnini egalladi. Tsinhua Universiteti Osiyoning eng yaxshi universiteti sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolgan, undan keyin Pekin Universiteti . Umuman olganda, Xitoy universitetlari mintaqaning eng yaxshi 10 ta universitetidan beshtasini tashkil etdi.
“Osiyo Universitetlari Reytingi 2025” Xitoy yuqori ko’rsatkichda
Times Higher Education’ning muntazam e’lon qilinadigan universitetlar reytingida Xitoy universitetlari yildan-yilga barqaror ravishda yuqorilab bormoqda. Ko‘plab davlatlar reytingda turli yillarda turlicha natijalar ko‘rsatishi tabiiy holat sanaladi – ba’zi oliygohlar yuqorilasa, boshqalari pastlaydi, bunda esa izchil tendensiyani ko‘rish mushkul. Ammo bu o‘zgaruvchanlik Xitoyga taalluqli emas.
2025-yilgi Osiyo Universitetlari Reytingi bunga yana bir bor dalil bo‘la oldi. Unda 35 mamlakatdan jami 853 universitet baholangan bo‘lib, Xitoydan 25 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zining eng yuqori natijasini qayd etdi.
Xitoy bunday izchil yutuqlarga qanday erishmoqda?
Xitoyning muvaffaqiyat formulasi
Xitoy muvaffaqiyatining asosi – uzoq muddatli va strategik davlat siyosati, ya’ni universitetlarni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar. So‘nggi 30 yil ichida Xitoy hukumati elit universitetlarni tanlab, ularni katta moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab kelmoqda. Bu jarayonda nafaqat infratuzilma, balki ilmiy-tadqiqot salohiyati, xalqaro hamkorlik va yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu “milliy kun tartibi + moliyaviy ko‘mak + ilmiy salohiyat” formulasi, faqat Xitoy uchun emas, balki boshqa muvaffaqiyatli davlatlar, jumladan, Singapur uchun ham ishlagan. Nanyang Texnologiya Universiteti (NTU) misolida bu aniq ko‘rinadi: muhandislikka ixtisoslashgan oddiy institutdan xalqaro darajadagi ilmiy markazga aylanishi – davlat strategiyasi va izchil boshqaruv natijasi ekanini ko‘rsatadi. Universitet rahbarlarining so‘zlariga ko‘ra, aynan tezkor va maqsadli rivojlanish eng katta hayrat uyg‘otgan.
Xulosa
Bugungi raqobatbardosh global oliy ta’lim maydonida yutuqqa erishish — faqatgina tarixiy meros, infratuzilma yoki talabalarning ko‘pligi bilan emas, balki aniq strategiya, barqaror moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va malakali akademik kadrlar bilan chambarchas bog‘liq. Xitoy bunga yorqin misol bo‘lib xizmat qilmoqda. Singapur ham shuni tasdiqlaydi.O‘zbekiston ham ushbu muvaffaqiyat formulalaridan foydalanib, o‘z yo‘lini shakllantirishi lozim. Zero, ta’lim sohasida bugungi kechikish ertangi raqobatbardoshlikdan orqada qolishga olib keladi.
Maqola “Times Higher Education “ reytingida e’lon qilingan ro‘yxat asosida tayyorlandi.