Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro «Ziyo Forum» fondi tomonidan so‘nggi besh yil davomida ta’lim va ilmiy rivojlanish yo‘lidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayonlariga kiritish kabi qator muhim tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bugunda fond O‘zbekiston yoshlari uchun keng imkoniyatlar yaratib, yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirmoqda.
2025-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, “Ziyo Forum” o‘tgan davr mobaynida jami 900 dan ortiq tadbir tashkil etilib, ular orqali 100 000 nafar ishtirokchi qamrab olindi. Hamkorlik tarmog‘i ham sezilarli darajada kengayib, bugungi kunda 300 ga yaqin tashkilot va guruhlar bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Loyihalarda faol ishtirok etish uchun 4000 dan ortiq ko‘ngillilar jalb qilindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriya esa 470 000 doimiy kuzatuvchiga yetib, umumiy qamrov 12 000 000 kishini tashkil etdi.
Bugunda 20 dan ortiq turli xil loyihalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Yoshlar ishlari agentli bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli ko‘plab loyihalarni joriy etdi. Ushbu ezgu tashabbuslar natijasida fond ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi yirik loyihalarni hayotga tatbiq etib, xalqaro tashabbuslar orqali yosh avlodga yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Joriy yilning 19-martida “Ziyo Forum” fondi tashabbusi bilan turizm sohasi bo‘yicha xalqaro ekspert Karoy Lakatos ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari, Mehmonxonalar uyushmasi, mehmonxona sohasi vakillari hamda ushbu yo‘nalishga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Karoy Lakatos — Hilton Garden Inn Riverview mehmonxonasining boshqaruvchisi, tadbir mehmoni

“Men mehmonxona biznesida 15 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega mutaxassisman. Yurtingizni o‘ziga xos turizm salohiyati bor. Qadimiy shaharlar Buxoro, Xiva, Samarqand dunyoga mashhur. Yurtingizda Turizm bo ‘yicha kadr tayyorlash tajribasi bilan ham tanishdim. O’ylaymanki, xalqaro turizm standartlarini shakllantirish, mehmonxona boshqaruvi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish yaxshi samara beradi. Bugun ishtirokchilarga o‘zimning turizm sohasida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida bir qator tavsiyalarimni o‘rtoqlashmoqchiman”
Tadbir davomida mehmon ishtirokchilarning savollariga javob berdi, mehmonxona boshqaruvi va turizm sohasining bugungi rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha qimmatli tavsiyalarini o‘rtoqlashdi. Uchrashuv turizm va mehmonxona biznesiga qiziquvchi yoshlar uchun katta ilhom manbai bo‘lib, ularning sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar xalqaro ekspertga o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida ham bunday uchrashuvlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar. “Ziyo Forum” fondi esa ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishidagi yirik loyihalarni amalga oshirishda davom etishini bildirdi.