Kimlar kontraktdan 12 foizini qaytarib olishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlariga kamaytirish ko‘rinishida beriladi.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
- To‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
- Bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi (ta’lim krediti bo‘lsa);
- OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
- pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.
Hujjatlar qayerga topshiriladi?
Hujjatlar o‘zingiz yashaydigan shahar yoki tuman Davlat soliq qo‘mitasi fililaridan biriga topshiriladi.
Nechi kun ichida javobi keladi?
Hujjatlar topshirilgach, boshqa soliq daromadlaridan qarzdorlik mavjud bo‘lmasa, pul 15 kun ichida jismoniy shaxsning bank kartasiga to‘lab beriladi.
Kontraktning 12 foizini qaytarib olish haqida kelgan eng asosiy savollarga javob berdik. Bu mavzu Avlod Mediada avval ham yoritilgan https://avlod.media/uz/tolangan-kontraktdan-12-ini-qaytarib-olish-mumkinmi/ shu sababli, ushbu maqolani ham o‘qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.