Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tili borasida anchagina bahs-munozaralar bo‘lyapti. Xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlaridan tashqari yuqori tashkilot idoralarining xodimlari “Dunyo tillari bilan birgalikda o‘zbek tilini ham bilishi lozim” degan fikrlar ancha keskin bahslarga sabab bo‘ldi.
Yurtimizdagi ko‘pchilik talabalar ham aynan o‘qishni tugatgach yaxshi ish topishi uchun ingliz tilini bilsa ham rezyume qabul qilish jarayonida aynan – “Rus tilini bilmasangiz, qabul qila olmaymiz!” – degan izohlarni eshitishadi.
Bundan tashqari, Qalampir.uz nashrining yozishicha, Rossiya Tashqi ishlari Vaziri Sergey Lovrov ham Samarqand shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish chog‘ida u yerda yozilgan gaplar rus tilida ham keltirilmaganini aytib norozi bo‘lgan.
To‘g‘ri inson qanchalik ko‘p tilni bilsa uning dunyoqarashi, do‘stlari, oylik daromadi va yashash sharoiti ham shunchalik yaxshilanadi. Shu sababli, bugun Prezidentimiz yoshlarga qarata bot-bot “Ko‘proq til o‘rganing, o‘qing izlaning” – deya qayta-qayta ta’kidlamoqda.
Nima bo‘lgan taqdirda ham har bir davlat va millatning o‘z tili mamlakat aholisi va butun jahon davlatlari ichida hurmat qilinishi zarur. Shunday ekan, bugun yoshlar ongida muayyan bir tilni ona tilidan ustun qo‘yish yoki mensimaslik holatlari paydo bo‘lmasligi va ommalashmasligi uchun Respublikamiz hududidagi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida “Ma’naviyat soatlari” ko‘paytirilib, ta’lim jarayonlariga qayta kiritilmoqda.
Xulosa va mulohaza o‘zingizdan qadrli talaba!