Ta’lim krediti olmoqchimisiz?

Talabalik – «Oltin davr»mi?

 Yangi o‘quv yiliga ham sanoqli kun qoldi. Ayni kez hammada har xil kayfiyat – kimdir universitetni sog‘ingan, kimdir kursdoshlarini. Yana kimdir kontrakt to‘lash g‘amida, viloyatlik talabalar bo‘lsa, qayerda yashayman, deb o‘ylovda. Talabalik oltin davr bo‘lishi bilan birga mas’uliyatli palla hamdir. Buni kontraktda o‘qiyotgan talabalarning o‘zi ham, ota-onalari ham yaxshi his qilishadi. Gap kontrakt summasi haqida! Bu borada gap ketganda ta’lim kreditlari ayni muddao.

Xo‘sh ta‘lim krediti hozirda qaysi banklarda ajratiladi?

Aynan hozir ta’lim krediti qaysi banklarda ajratilmoqda?

Avlod media”ga talabalardan kelayotgan murojaatlarning asosiy qismi “Aynan hozir ta’lim krediti qaysi bankda berilayapti? Menga yo‘q deyishdi” qabilidagi savollarni tashkil qiladi. Ayni savollarga javob olish maqsadida banklar bilan bog‘landik. Ma‘lum bo‘lishicha, hozirda mavjud 35ta bankdan 7tasida talabalar uchun ta’lim kreditlari ajratilmoqda.

(2024- yil 30-avgust holatiga ko‘ra.)

Bank nomiYillik stavkaBerilish muddati
Asakabank13,5%7,5 yil
Agrobank13,5%7 yil
Biznesni rivojlantirish banki13,5%11 yil
O‘zsanoatqurilishbank13,5%11 yil
Mikrokreditbank13,5%15 yil
Turonbank13,5%7,5 yil
Hamkorbank13,5%7 yil

Kreditning foiz stavkasi Markaziy Bankning amaldagi asosiy stavkasi (hozirda 13,5%) doirasida hisoblanadi.

Banklar kredit mablag‘larini 7 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga, to‘lov-kontrakt shartnomasi summasidan kelib chiqqan holda berishadi.

Xotin-qizlarga ajratilgan ta’lim krediti bo‘yicha foizlarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan so‘ndiriladi.

Joriy yilda 27-mayda oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini yaxshilashga qaratilgan prezident farmoni qabul qilingan edi. Shunga asosan, oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.

Ta’lim krediti OTMlarning birinchi bosqich talabalari va PTTlar o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida taqdim etiladi.

Eslatib o’tamiz: Ta’lim krediti faqat O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi. Ushbu kreditni rasmiylashtirishda asosiy hujjatlar quyidagilar:

  • pasport;
  • qarz oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar (jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi orqali aniqlanadi);
  • talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taʼlim shartnomasi;
  • birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashuvchi jismoniy shaxslarga doir hujjatlar;
  • krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.

Qachon qaytarishim kerak?

Ta’lim kreditining talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi.