Talabalar nega joniga qasd qilmoqda: suitsid yechimmi?

Universitet darslari jadvalida “depressiya”, “tushkunlik”, “o‘zini qadrsiz his qilish” kabi fanlar yo‘q — lekin aksariyat talabalar bu “darslar”ni kundalik hayotlarida o‘zlashtirib borishmoqda. Ayniqsa ular imtihonlar oldidan savollarga emas , balki ruhiy tanglikka tayyor turishgandek tuyilmoqda so`nggi vaqtlarda.O`qish davrida kimdir auditoriyada, kimdir esa yuragida kurash olib boradi. Har yili dunyo bo`ylab minglab yoshlar bu kurashdan charchab, eng keskin yechim — o‘z joniga qasd qilishni tanlaydi. Bu statistik raqamlar emas, bu — tizim, madaniyat, ijtimoiy psixologiya va shaxsiy tushkunliklar kesishgan murakkab muammo.

Bu muammo ortida faqat “zaiflik” emas, balki ortiqcha intellekt, kuchli sezuvchanlik, jamoaviy befarqlik va noto‘g‘ri ijtimoiy tizim yotadi. Demak, “Nega ular o‘z joniga qasd qilmoqda?” degan savolni “Biz qanday muhitda yashayapmizki, bu qaror mantiqiy tuyulmoqda?” degan savol bilan almashtirish vaqti keldi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 800,000 dan ortiq inson joniga qasd qiladi. Ularning salmoqli qismini 15–29 yosh oralig‘idagi ko`pincha ijtimoiy statusi talaba bo`lganlar  tashkil etadi. AQShda bu yosh toifasida o‘z joniga qasd qilish o‘lim sabablari ichida ikkinchi o‘rinda turadi. Yaponiyada esa bu raqam ba’zi yillarda birinchi o‘ringa chiqadi. Hindistonda har 1 soatda kamida 1 talaba o‘z joniga qasd qiladi. O‘zbekiston bu borada aniq rasmiy raqamlarni e’lon qilmaydi, ammo ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy yangiliklarda bu holatlar tobora ko‘proq uchramoqda. Bu raqamlars faqata statistika emas — biz eshitmagan qichqiriqlar, e’tibor bermagan hissiyotlar, payqamay aytilgan so‘zlar jamlanmasidir.

Mavzuning e`tiborli jihati shundaki, nega suitsidlar hayotining eng gullagan davrida katta maqsadlar qo`yib unga intilayotgan , aniq sohani tanlab universitetda o`qiyotgan yoshlar o`rtasida ham oshib bormoqda. Bu savolga xalqaro psixologlar quyidagicha javob berishadi:

1. Émile Durkheim (sotsiolog va psixolog)

«Suicide is not merely a personal act, but a reflection of social integration or the lack thereof.»
Émile Durkheim, Le Suicide (1897)

Durkheimga ko‘ra, suitsid ko‘pincha shaxsning jamiyatdagi o‘rni, yolg‘izlik yoki ijtimoiy aloqalarning zaiflashuvi bilan bog‘liq bo‘ladi. Talabalar va yoshlar orasida bu o‘zini jamiyatdan ajralgan yoki bosim ostida his qilish orqali yuzaga chiqadi.


2. Thomas Joiner (zamonaviy psixolog, suitsid nazariyasi muallifi)

«People die by suicide because they have both the desire and the capability to do so.»
Thomas Joiner, Why People Die by Suicide (2005)

Joinerning “Interpersonal Theory of Suicide”ga ko‘ra, yoshlar o‘zini kerakmas yoki ortiqcha deb his qilganda, va og‘riqqa bardosh bera olishga o‘rganganlarida suitsid xavfi ortadi. Bu holat talabalar orasida imtihonlar, ijtimoiy bosim va muvaffaqiyatsizliklardan kelib chiqishi mumkin.


3. Albert Ellis (Ratsional-emotiv psixoterapiya asoschisi)

«It is not the events themselves that disturb people, but their beliefs about those events.»

Ellisning fikricha, talaba yoki yoshlar duch kelgan muammolar o‘zi ularni izdan chiqarmaydi, balki o‘sha holat haqida shakllangan noto‘g‘ri ishonchlar – “Men doimo muvaffaqiyatli bo‘lishim kerak” yoki “Men xatoga yo‘l qo‘ymasligim kerak” – asosiy muammo hisoblanadi.


4. Carl Rogers (gumanistik psixologiya vakili)

«When I look at the world I’m pessimistic, but when I look at people I am optimistic.»

Rogers yoshlar uchun eng muhim ehtiyojlardan biri bu – shartsiz qabul qilinishdir. Oila, do‘stlar va jamiyat tomonidan qabul qilinmaganlik hissi o‘z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin.


5. Viktor Frankl (logoterapiya asoschisi, konslager tirik qolgan)

«Those who have a ‘why’ to live, can bear with almost any ‘how’.»

Franklning fikricha, maqsadsizlik yoki hayotning mazmuni yo‘qligi yoshlar orasidagi ruhiy tushkunlik va suitsidga olib boradi. Yoshlar o‘z hayotida ma’no topolmaganda, bu xavf ortadi.

Soxa mutaxasislarining fikrlari shuni ko`rsatyaptiki, ko‘plab talabalar o‘zlarini “yetarlicha yaxshi emas”, “ortda qolgan”, “keraksiz” deb his qiladilar. Albatta bu hissiyotlar o`z-o`zidan paydo bo`lmagan. O‘qishdagi muvaffaqiyatsizlik, oilaviy bosim, ijtimoiy solishtirish — barchasi ichki ovozni sustlashtiradi, oxir-oqibat esa uni butunlay o‘chiradi. Talaba o‘z ongida «hech kimga kerak emasman» degan so‘zga ishona boshlaydi.

Xulosalar yana bir asosli sababni ko`rsatmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimi ko‘pincha “inson” emas, “natija” ni qadrlaydi. GPA, grant, sertifikatlar, diplomlar — ular inson ruhiyatining tabiiy o`sishiga imkon bermaydi. Bunday tizimda yutqazganlar — nafaqat resurssiz, balki umidsiz qoladilar.

Aytish kerakki, so`nggi yillarda Axborot bosimi: ideal hayot illuziyasi ruxiy va aqliy jihatdan immunitet hosil qilmagan yoshlarni O`z domiga tirtmoqda. Instagram, TikTok va boshqa platformalarda “muvaffaqiyatli va baxtli yoshlar” hayoti aks etgan surat va videolar har soniyada yoritib borilmoqda. Talaba o‘zining real hayotdagi qiyinchiliklari bilan bu virtual “ideal” hayotlarni solishtirar ekan, o‘zini yutqazgandek his qiladi. Bu holat «ijtimoiy solishtirish nazariyasi» orqali izohlanadi: inson o‘zini boshqa bilan taqqoslaydi va doimiy pastlik hissi paydo bo‘ladi.

Dunyo mamlakatlari o`rtasida quyidagi davlatlarda yoshlar ayniqsa talabalar o`rtasida suitsid yuqori

Yaponiya: Yaponiyada talabalar o‘rtasida suitsid yuqori darajada. Har yili maktab o‘quvchilarining sentabr oyida suitsid qilish holatlari ko‘payadi, bu esa yozgi ta’tildan keyin maktabga qaytish bilan bog‘liq stress bilan tushuntiriladi. 2020-yilda Yaponiyada 500 dan ortiq o‘smir suitsid qilgan, bu o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ko‘payish bo‘lgan.

Janubiy Koreya: Dunyo bo‘yicha eng yuqori suitsid darajalaridan biri bu yerda kuzatiladi, ayniqsa o‘smirlar va universitet talabalarida. Ota-onalarning bosimi, akademik muvaffaqiyatga haddan tashqari urg‘u, raqobat — asosiy sabablar sirasiga kiradi.

Hindiston: Har yili 10,000 dan ortiq talaba suitsid qilishi haqida xabarlar bor.Ayniqsa, katta imtihonlardan so‘ng talabalar orasida suitsid holatlari ko‘payadi. Masalan, NEET va JEE imtihonlari tufayli yuzlab talabalar bosim ostida qolishadi.

AQSh: CDC (Kasalliklarni nazorat qilish markazi) ma’lumotlariga ko‘ra, 10-24 yoshdagi suitsid ikkinchi yetakchi o‘lim sababi hisoblanadi. 2022-yilda AQShda har 100,000 nafar o‘smirdan 14 nafari suitsid holatlari sababli vafot etgan.

Rossiya: Rossiyada ham yoshlar o‘rtasida suitsid darajasi yuqori. Psixologik yordam xizmatlarining yetarli emasligi va alkogolizm, oilaviy muammolar asosiy omillar sifatida ko‘riladi.

Birgina hindistonlik talaba qiz misolida vaziyatning qanchalar fojeali ekanini ko`rish mumkin. 2018- Hindiston. 16 yoshli Arjun Bharadwaj, Mumbaydagi yirik mehmonxona balkonidan sakrashidan avval Facebook’da jonli efirga chiqadi. U o‘zini “chalkash, yolg‘iz, tushkun” deb tasvirlaydi. Bu efir tomoshabinlar uchun shunchaki kontent, biroq uning hayoti uchun yakun bo‘ladi. Bu voqea Hindiston ta’lim tizimidagi shafqatsiz raqobat, ota-onalarning haddan tashqari kutishlari va psixologik yordam tizimining zaifligi haqida keng jamoatchilikka signal bo‘ldi. 

Xo`sh, yuqorida keltirilgan sabalardan kelib chiqib muammoni qanday hal qilish mumkin? Talabalarni o‘z joniga qasd qilishdan saqlash uchun psixologga yuborish yetarli emas. Bu ko‘proq tizimli, madaniy va ijtimoiy islohotlarni talab qiladi.

Empatik madaniyat yaratish: “Sabr qil”, “sen kuchlisan” kabi yuzaki so‘zlar o‘rniga, haqiqiy eshitish va tushunishga asoslangan muloqot madaniyatini shakllantirish kerak.

*Empatiya — bu boshqalarining his-tuyg‘ularini tushunish va ularni ruhiy jihatdan his qilish qobiliyati. Ya’ni, o‘zingizni boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘ra olish.

Ta’lim tizimini islohat qilish: Talaba shunchaki raqam emas, u ruhiy va hissiy mavjudot ekanligini e’tirof etish kerak. Unga dam olish, to‘xtash va yo‘q deyish huquqi berilishi kerak.

Psixologik xizmatlar emas, psixologik xavfsizlik: Har bir talaba “xavfsiz joy” borligiga ishonsa , u yolg‘iz emasligini bilsa joniga qasd qilish fikri kamayadi.


Xulosa

Suitsid — bu shunchaki shaxsiy fojiya emas, bu jamiyatning “ko‘rinmas muammolar”ga befarqligining eng og‘ir shakldagi aksidir. Bir talabaning sukut saqlashi — ba’zan yordam so‘rashi bo‘lishi mumkin. Bu og‘ir mavzudan qochish, uni “ruhiy zaiflik” deb soddalashtirish, jamiyatga qarshi qilingan eng beparvo jinoyatdir.

Bugungi kunda “ruhiy salomatlik” — bu shaxsiy emas, ijtimoiy mas’uliyatdir. Talabaning o‘z joniga qasd qilish qarori — uning nuqsoni emas, atrofdagilar o‘z vaqtida eshitmagan, tushunmagan va e’tibor bermagan signalidir. Yechim — bu nafaqat psixologik xizmat, balki empatiyaga asoslangan madaniyatdir. Chunki inson, ayniqsa yoshlar, eshitilmagan joyda yashay olmaydi.

Zeboxon Avazbek qizi