Talaba guruhini o’zgartirishi mumkinmi?

Oliygohda tahsil olayotgan talaba o’zi o‘qiyotgan guruhini qanday o’zgartirishi mumkin?

Har bir talabaning guruhini o‘zgartirish huquqi bor. Masalan talaba o‘zbek guruhda o‘qiydi, u rus, qoraqalpoq va boshqa guruhlarga “perevod” qilishi mumkin. Yoki ta’lim shaklini o ‘zgartirish ham ariza asosida amalga oshiriladi.

Bu jarayon “Ichki perevod” tartibida, ya’ni bir oliygohning ichida amalga oshirish mumkin bo‘lgan holatlar sanaladi.

Bunda:

  • Ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirish (mos va turdosh yo‘nalishlar) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas’ul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va xulosa beradi.
  • Ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirish (noturdosh yo‘nalishlar) – arizalar onlayn shaklda transfer.edu.uz sayti orqali topshiriladi. Arizalarga davlat komissiya tomonidan xulosa beriladi.
  • Ta’lim shaklini o‘zgartirish (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas’ul komissiyasi tomonidan xulosalanadi.
  • Ta’lim tilini o‘zgartirish (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tildagi guruhlar) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Xulosa dekanat tomonidan beriladi.
  • Guruhni o‘zgartirish (bir guruhdan boshqasiga) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Jarayon dekanat xulosasiga asosan amalga oshiriladi.
  • O‘qishni tiklash (o‘z yo‘nalishiga yoki boshqa turdosh yo‘nalishga) – arizalar to‘liq transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Xulosa OTM mas’ul komissiyasi tomonidan beriladi.