Zamon har lahzada shunchalik o ‘zgarmoqdaki, bugun AL kirib borgan soha emas, kompyuterlashmagan soha kishilar hayratiga sabab bo‘layapti desak, mubolag’a emas. Sababi bu olamda har lahzada taraqqiyot bo‘lyapti, hayron qolishga ulgurolmayapmiz.
Barcha sohalar avtomatlashtirilsa, biz insonlar nima bilan shug‘ullanamiz? Qaysi kasbni boshidan tutsam, ertaga u jamiyatga foyda olib keladi? Bugun tahsil olayotgan mutaxassisligim bilan kelajakda ishsiz qolmaymanmi?
Xo‘sh, dunyo miqyosida qaysi soha jadallik bilan rivojlanyapti, Yaqin kelajakda qanday kadrlarga ehtiyoj ortadi? Maqolada ushbu savollarga javob izlaymiz, mavzuni tahlil qilamiz.
2030 yilga kelib, 92 million ish o‘rni qisqarib ketadi
Mehnat bozori doimo o’zgarib bormoqda, ba’zi kasblar yo‘qoladi, boshqalari esa yangi imkoniyatlar yaratadi. Texnologik taraqqiyot bu jarayonda katta rol o‘ynaydi va yangi ko‘nikmalar uchun talabni oshiradi.
Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) tomonidan taqdim etilgan «Kelajakdagi Ishlar 2025» hisobotida keltirilgan ma’lumotlarga ko ‘ra, 2030 yilga kelib, 92 million ish o‘rni yo‘qolishi, 170 million yangi ish o‘rni esa yaratilishi kutilmoqda.
Mehnat bozoriga ta’sir qiluvchi omillar:
Texnologik o‘zgarishlar
Yashil transformatsiya
Demografik o‘zgarishlar
Iqtisodiy noaniqlik
Geosiyosiy ajralishlar
Texnologiya rivojlanishi sababli ba’zi kasblarga talab yuqorilab bormoqda
Yirik global ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida, texnologik taraqqiyot, jumladan, sun’iy intellekt (AI), robototexnika va raqamli imkoniyatlar kengayishi bilan bog‘liq eng tez o‘sayotgan kasblar quyidagilar:
FinTech muhandislari (93% o‘sish) – FinTech muhandislari – bu moliya va texnologiyani birlashtirgan sohaga oid mutaxassislar bo‘lib, ular yangi moliyaviy xizmatlar, ilovalar va platformalarni ishlab chiqish uchun texnologiyalarni qo‘llaydi.
Big Data mutaxassislari (113% o‘sish)Bu kasb odatda katta hajmdagi ma’lumotlarni (big data) to‘plash, tahlil qilish va ushbu ma’lumotlar asosida qarorlar qabul qilishga yordam beradigan mutaxassislarga tegishli. Ular kompaniyalarga, tashkilotlarga yoki davlatlarga ma’lumotlar tahlili orqali samarali strategiyalar yaratishga yordam beradi.
AI mutaxassislari (sun’iy intellekt mutaxassislari) – AI va mashina o‘rganish mutaxassislari (82% o‘sish) Bu sohada ishlovchi kishilar sun’iy intellekt tizimlarini yaratish, ularni optimallashtirish va joriy qilish bilan shug‘ullanadi. Sun’iy intellekt (AI) – bu kompyuterlar va tizimlarning inson kabi fikrlash, qarorlar qabul qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya.
Mashina o‘rganish mutaxassislari – Mashina o‘rganish (Machine Learning) – bu sun’iy intellektning bir bo‘lagi bo‘lib, kompyuterlarni ma’lumotlar asosida o‘rganishga va tajribadan o‘rganishga imkon beradi. Mashina o‘rganish mutaxassislari ma’lumotlarni tahlil qilib, tizimlarni optimallashtirish va takomillashtirishga yordam beradi. Ular statistik metodlar va algoritmlardan foydalanib, tizimlarning o‘zini-o‘zi rivojlantirishini ta’minlaydi.
Bu kasblar, ayniqsa texnologik sohalarda, o‘sishda davom etadigan va talab yuqori bo‘lgan sohalardan hisoblanadi.
Shuningdek, quyidagi texnologiyaga asoslangan kasblarda ham sezilarli o‘sish kutilmoqda:
Dasturiy ta’minot va ilova ishlab chiquvchilar (57% o‘sish)
• Xavfsizlik boshqaruvi mutaxassislari (53% o‘sish)
• Ma’lumotlar ombori mutaxassislari (49% o‘sish)
• Avtonom va elektr transport vositalari mutaxassislari (48% o‘sish)
• UI va UX dizaynerlari (48% o‘sish)
Kamayib ketadigan sohalar qaysi?
Klerik ishlar keskin kamayib ketmoqda.(Klerik ischilar asosan ma’muriy va ofisda bajariladigan ishlarni anglatadi. Klerik xodimlar ko‘pincha ofis ishlarida yordam berish, hujjatlarni boshqarish, telefonlarni javoblash, fayllarni tartibga solish, ma’lumotlarni kiritish, mijozlar bilan aloqalar o‘rnatish va boshqa administrativ vazifalarni bajaradilar)
Klerik ishlar quyidagi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi:
• Hujjatlar bilan ishlash (hujjatlarni tayyorlash, nusxalash, arxivlash)
• Telefon qo‘ng‘iroqlarini javoblash
• Ma’lumotlarni kiritish va qayd etish
• Jadval va uchrashuvlarni rejalashtirish
• Mijozlar bilan aloqalar va ularning savollariga javob berish
• Hisob-kitob va moliyaviy hujjatlarni boshqarish
Bu turdagi ishlar ko‘pincha tashkilotlarning ma’muriy bo‘limlarida yoki ofislarda amalga oshiriladi. Klerik xodimlar ko‘pincha kompyuter tizimlaridan foydalanadilar, fayllarni raqamli yoki qog‘oz shaklida boshqaradilar, shuningdek, har xil ofis uskunalarini (telefon, faks, printer va hokazo) ishlatadilar. Bugungi kunda texnologiyaning rivojlanishi bilan klerik ishlar, ayniqsa, ma’lumotlarni kiritish va boshqa takroriy vazifalar, avtomatlashtirish tizimlari yoki sun’iy intellekt yordamida kamayib bormoqda.
Turli sanoatlarda klеrik ishlar 2030 yilga kelib eng tez kamayadigan kasblar orasida bo‘lishi kutilmoqda, lekin bu kamayish o‘sishdan sekinroq bo‘ladi. Masalan, pochta xizmati xodimlarining uchdan biri (-34%), bank kassirlari va ularga tegishli ishchilar (-31%) yo‘qoladi.
Texnologik o‘zgarishlar, jumladan AI, bu kasblarning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, ma’lumot kiritish bo‘yicha xodimlar (-26%) va kassirlar va chiptalar sotuvchilari (-20%) raqamli tizimlar va o‘z-o‘zini tekshirish tizimlarining kengayishi bilan yo‘qoladi.
Qishloq xo‘jaligi kasblari 14.1 million ish o‘rni qisqaradi
Qishloq xo‘jaligi sohasida 49 million yangi ish o‘rni yaratiladi, lekin 14.1 million ish o‘rni yo‘qoladi. Natijada, 34.9 million ish o‘rni ortadi.
Yetkazib berish va oziq-ovqat sanoatidagi o‘sish
Yengil yuk mashinalari va yetkazib berish xizmatlari haydovchilariga 9.8 million yangi ish o‘rni yaratiladi, oziq-ovqat sanoatida esa 4.3 million yangi ish o‘rni hosil bo‘ladi.
Hamshira va parvarish ishchilariga talab ortadi
Hamshira va shaxsiy parvarish xodimlari (3.1 million va 1.6 million ish o‘rni) faqat o‘sish sur’atida bo‘ladi, bu kasblar hech qanday kamayishni ko‘rmaydi.
Do‘kon sotuvchilari
Do‘kon sotuvchilari eng tez o‘sayotgan kasblar orasida 4.3 million ish o‘rni bilan beshinchi o‘rinda. Ammo bu o‘sish jami 10.4 million ish o‘rnidan kelib chiqib, 6.1 million ish o‘rni kamayadi.
Kassirlar va chiptalar sotuvchilari
Kassirlar va chiptalar sotuvchilari eng katta ish o‘rni yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi. 2030 yilga kelib, 16.3 million ish o‘rni yo‘qoladi, bu barcha ish o‘rinlari yo‘qotishining 18% ni tashkil etadi.
Grafik dizaynerlari
Grafik dizaynerlar (-0.36 million) ham ro‘yxatga kiradi. AI so‘nggi yillarda bu sohaga katta ta’sir o‘tkazmoqda va dizaynerlar talabi o‘zgarishi kutilmoqda.Kelajakdagi ko‘nikmalar: 2030 yilga kelib, ishchilarning 39% joriy ko‘nikmalarini yangilashga yoki yangilarini o‘rganishga majbur bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, 2030-yilgacha global mehnat bozorida sezilarli o‘zgarishlar kutilmoqda. Texnologik taraqqiyot, jumladan, sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli xizmatlar kengayishi sababli yangi kasblar paydo bo‘lib, eski kasblar yo‘qolib borishi mumkin. Yirik global ish beruvchilar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida, eng tez o‘sayotgan kasblar qatorida Big Data mutaxassislari, FinTech muhandislari va AI mutaxassislari kabi texnologiyaga asoslangan sohalar keltirilgan. Shuningdek, klerik ishlar, masalan, bank kassirlari, ma’lumotlar kiritish xodimlari va boshqa ma’muriy kasblar pasayib borishi kutilmoqda. Ushbu tahlillar tahsil olayotgan talabalarga o ‘z kasbi kelajagini rejalashtirishda muhim hisoblanadi