Soxta treyderlar qurboni bo‘lmang!

Raqamli iqtisodiyot rivojlangani sari internet tarmog‘ida firibgarlik qilishning yangidan-yangi turlari tarqalmoqda. Yoshlar orasida “Treyding” nomi bilan ommalashgan kriptavolyutalarni birja bozoriga kiritish, aksiya sotib olish va sotish bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyalar, treyderlarning faoliyati aynan ikki turda bo‘ladi. Yillar davomida sinalgan tajriba bilan faoliyat yurituvchi treyderlar aynan bozorning qanday bo‘lishini yaxshi biladi. Biroq, bu sohaga endigina qadam qo‘yayotgan insonlarni chuv tushirish va mo’maygina daromad ishlash maqsadida soxta treyding tashkilotlari yoki odamlar ham mavjud. 

Tezda boyib ketish ilinjida yurgan, oddiy insonlari aldab pul undirish, yolg‘on nazariya bilan ularni birja bozoriga olib kirish va oxiri ayanchli oqibatlarga yetib kelguncha davom etadi. Aynan sizda ham ushbu vaziyatlar kuzatilmasligi uchun O’zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi soxta treyderlar (faoliyatini) aniqlash uchun oddiy 9 ta qoidani taqdim etdi.   

    1. Ma’lumotlarni tekshirish

Treyderning profilini tekshirish: ularning ijtimoiy tarmoqdagi profillari (telegram, youtube, Instagram va h.k) ma’lumotlariga e’tibor bering. Professional treyderlar o‘zlarining ishlariga transparent (shaffof) bo‘ladi. Reyting va fikrlar: bu shaxs haqida odamlar nima deydi? Shikoyatlar yo‘qmi? Shularni tekshiring.

    2. Natijalarni tekshirish

Hisobotlarni ko‘rish: professional treyderlar o ‘zlarining tredyding hisobotlarini (TradingView, MyFxBook kabi platformalarda) namoyish etib boradi. Agar ular bunday ma’lumotlarni taqdim qilmasalar, bu shubhali belgi bo‘lishi mumkin. Natijalar doimiymi? Ko‘pgina “soxta” treyderlar faqat yaxshi natijalarni ko‘rsatishadi. Har doim favqulodda foyda ko‘rsatuvchi odamga ishonmang.  

     3. Strategiyani tushunish

Aniq strategiya bormi? Har bir professional treyderda o‘zining aniq strategiyasi bo‘ladi: texnik tahlil, fundamental tahlil yoki ularning aralashmasi. Sizga tushuntira oladimi? Haqiqiy treyder o‘zining strategiyasini soda va tushunarli tilda yetkaza oladi. Agar tushuntirish murakkab va chalg‘ituvchi bo‘lsa bu shubhali belgi.

     4. Moliyaviy takliflarga e’tibor berish

Ko‘proq pul so‘ramasin: agar biror kim sizdan “investitsiya” yoki “kutish uchun to‘lov” so‘rasa, bu ko‘pincha fishing yoki soxta loyiha belgisi bo‘ladi.  Garovli foydalar: agar biror kim sizga “100 foiz foyda yoki kam riskli taklif qilsa, bu noaniq va shubhali. Sababi birja savdolari tavakkalchilikka asoslangan. 

     5. Nazariya va amaliyot

Nazariya: professional treyderlar o‘zlarining ta’lim fonini (masalan, universitet yoki onlayn kurslar) ko‘rsatishadi.

Amaliyot: ularning bozorda qanchalik uzoq vaqtdan beri ishlayotganligini bilishi muhim. Yangi boshlangan treyderlar ko‘pincha xatolarga uchraydilar.

      6. Psixologiya va mutaxassislik

Emotsional bo‘lmang: haqiqiy treyderlar emotsiyalarni nazorat qiladi va ko‘p narsalarga shoshilmasdan munosabatda bo ‘ladi.

Mutaxassislik: ular o‘z sohasida maxsuslashgan bo‘ladi (masalan, foreks, kripto-aktivlar, fond bozori).

       7. Test signallaridan foydalanish

Agar u takliflar bildirsa avval bir nechta test signallarini tekshirib ko‘ring. Ularning takliflari asoslanganmi va samaralimi?

Bepul, xarajat talab etilmaydigan takliflar bergan odamga ishonch bilan yaqinlashib, tekshirib ko‘rsangiz bo‘ladi.

  • Jamiyat va muloqot.

Jamiyatda faolmi?  Professional treyderlar o‘zlarining bilimlarini bo‘lishadi va jamiyatda faol bo‘ladi. Ular forumlarda, chatlarda yoki vebinarlarda faol ishtirok etadi va ko‘pchilik ularni taniydi.

Savollarga javob berish: ular savollarga ochiq va tushunarli javob beradi.

  • Ogoh bo‘ling!

Bepul pul takliflari: “Bepul pul”, bir martalik imkoniyat kabi takliflarga ishonmang.

Shubhali reklamalar: agar kimdir o‘zini “eng yaxshi treyder” sifatida ta’riflab, chiroyli fotosuratlar bilan reklama qilsa, bu ko‘pincha fishing belgisi bo‘ladi.

Qisqacha qilib aytganda, treyderlarning soxtasini aniqlash uchun uning natijalari, strategiyasi, nazariyasi, jamiyatdagi faolligi va moliyaviy takliflariga e’tibor bering. Agar u tushunarli ma’lumotlar bersa, doimiy natijalar ko‘rsatsa va shubhali takliflar bermasa, u professional bo‘lishi mumkin!