Siz «kreativ» fikrlaysizmi?

«Kreativ fikrlaydigan yoshlar», «Kreativlik kerak», «Kreativ yondashuv» kabi jumlalar tez-tez qulogʻimizga chalinadi. Ayniqsa «kreativlik» talabi yosh avlodga nisbatan koʻp ishlatilyapti. Xullas, bugungi davr yoshlardan aynan kreativ boʻlishni talab etmoqda. Xoʻsh siz, kreativmisiz?

Kreativlik – soʻzi inglizcha «create‖» soʻzidan olingan boʻlib, yaratish degan maʼnoni bildiradi. Kreativlik bu noodatiy fikr yuritish, yangi gʻoyalarni o’ylab topishdir. Kreativlik yangilikni ixtiro qilish, anʼanaviylikdan voz kechib, odatiy fikr yuritishdan tashqariga chiqishni bildiradi. Uning negizi originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlikka borib taqaladi.

Qanday yoshlar kreativ fikrlay oladi

Kreativilar muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan qaray olish qobiliyatiga egadirlar. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuygʻularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon boʻladi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni oʻtkirlikni belgilab beradi.

Allaqachon dunyo miqyosida taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch sifatida kreativlik eʼtirof etiladi. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: robotga aylangan kasblar, virtual reallik, koʻk atirgul, tuproqsiz hosil olish… Bularning bari insonning tafakkuri mahsuli va insonning noodatiy fikrlashi, oʻtkir zehni, hech kim oʻylamagan orginal gʻoyasi asosida, bir soʻz bilan aytganda «kreativliligi» natijasida yuzaga kelgan desak xató boʻlmaydi. Ana! kreativ fikrlashning dolzarbligi, dunyo taraqqiyotidagi ahamiyati nechogʻlik ulugʻ!

«Kreativlik» davr talabi

Allaqachon kreativlik davr talabiga aylanib ulgurdi. Qizigʻi hozirda bu sifat faqatgina yoshlardan emas balki yoshi katta xodimlardan ham talab etilayotgan sifat desak yanglishmaymiz. Ayniqsa u ijodga daxldor kasb egasi boʻlsa.

Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi oʻqituvchilarda ham kreativlik sifatlari mavjudligiga katta eʼtibor qaratiladi va uning darajasini aniqlab boruvchi test ham mavjud. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, oʻziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar boʻyicha baholash imkoniyatini yaratadi.

Bugunda, yetakchi xorijiy mamlakatlarning taʼlimida kreativ fikrlashni oʻquvchi yoshlar egallashi natijasida, ularda dolzarb muammolarni yechish uchun yangi texnologiyalardan foydalanib, hali yaratilmagan sektorlarda ishlash, shu qatorda mashina bajara olmaydigan ishlarni bajarish va global muammolarni yechish qobiliyatlari rivojlanishga erishayotgani ayni haqiqat.

Togʻri bir necha yil avval oʻquv mashgʻulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik desak yanglishmagan boʻlamiz va taʼlim tizimining dolzarbmuammolaridan biri ham shunda edi. Ammo soʻnggi yillarda tizimida oʻquvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, eʼtibor qaratilmoqda.

Yurtimiz taʼlim tizimida kreativlilik-noodatiy dars oʻtish uslubi, tadbirlarni oʻzgacha tashkil qilish, talabani oʻziga maʼqul kiyinishi kabi dastalabki koʻrinishlarda namoyon boʻlgan boʻlsa, bugunda u aks etmagan jihat yoʻq desak, adashmaymiz. Hatto har bir detallgacha «neobichniy» ligiga eʼtibor beriladi.

Bu bejiz emas, axir Yangi Oʻzbekiston yoshlari albatta kreativ fikrlaydigan boʻlishlari kerakda!

Qanday qilib kreativ boʻlish mumkin?

Jahon tajribasida, shaxsda kreativ fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda koʻrsatmali metod va usullardan foydalaniladi. Bu oʻrinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq, insonda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.

Mutaxassislar interfaollik va kreativ fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishda samarali boʻlgan yoʻl va metodlarni keltirib oʻtadi. Unga ko’ra:

– Veb-saytlar bilan ishlash;

– Vizuallashtirish; Bu degani,maqsadning tasavvurdagi obrazini yaratish. Nimaga erishishni istashingizni, buni qanday amalga oshirishni tasavvur qila olish

– barcha nuqtai nazarlarni inobatga olish;

– muhim gʻoyalarni turli vaziyatlarda va oʻrinli qoʻllash (gʻoyani boshqa sharoitga koʻchirish

– transformatsiya);

– ramziylashtirish kabi yoʻllar; – «Aqliy hujum»; – «Keys-stadi» kabi metodlarlarni qoʻllash orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish mumkin.