Times Higher Education reytinglari akademik sifat va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli baholovchilardan biri hisoblanadi. Ular har yili universitetlarni turli sohalarda, jumladan, san’at va gumanitar fanlar bo‘yicha reytinglaydi.
Times Higher Education ma’lumotlariga asosan 2025-yilgi dunyo bo’ylab adabiyot, lingvistika, tarix, falsafa, diniy, arxitektura, arxeologiya, san’at va dizayn bo’yicha eng yaxshi universitetlar ro ‘yxati e’lon qilindi. Reytinglar dunyoning turli mamlakatlaridagi shu yo ‘nalishdagi universitetlarni o’z ichiga olgan.
San’at va gumanitar fanlar bo’yicha 2025-yil uchun eng yaxshi 10 ta universitetni e’lon qildi.
1. Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT), AQSH
MIT asosan fan va texnologiya bo’yicha yetakchi sifatida tanilgan bo’lsa-da, san’at va gumanitar fanlar sohasida ham yuqori o’rinlarda turadi. Bu yerda antropologiya, tarix, lingvistika, adabiyot, media san’ati va musiqa hamda teatr san’ati kabi kurslar mavjud. MIT arxitektura maktabi 1868-yilda ochilgan va u zamonaviy binolarni yaratishda ilg’or rol o’ynagan.
2. Kembrij Universiteti, Buyuk Britaniya
Kembrij har xil sohalarda eng yaxshi universitetlardan biri sifatida muntazam ravishda reytinglarga kiritiladi. San’at va gumanitar fanlar maktabi Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari, san’at tarixi kabi turli yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Ko’plab tadqiqot loyihalari hamkorlikda olib boriladi va talabalarning o’qishiga ta’sir ko’rsatadi. Kembrijning taniqli bitiruvchilari orasida falsafachi Bertrand Russell, rassom Quentin Blake va dramaturg Kristofer Marloni bor.
3. Oksford Universiteti, Buyuk Britaniya
Oksford universitetining gumanitar fanlar bo’limi musiqa, tarix, klassika, diniyat va ingliz tili va adabiyoti kabi sohalarni o’z ichiga oladi. Universitetning kollej tizimi orqali talabalar o’z mutaxassisliklariga aniq e’tibor qaratadilar.
4. Stanford Universiteti, AQSH
Stanfordning Gumanitar va ilm-fan maktabi universitetning barcha bakalavr diplomlarining 63 foizini va doktorlik darajalarining deyarli 40 foizini beradi. Stanford o’zining gumanitar fanlar kurslarini «Stanford ta’limining ruhi» deb ataydi. Yaqinda etnik guruhlar va irq tadqiqotlari, klassik musiqa haqida onlayn kurslar va Stanford falsafasi professori tomonidan olib borilgan mukofotga sazovor radio shoulari kabi yutuqlarga erishilgan.
5. Garvard Universiteti, AQSH
Garvard universitetining san’at va gumanitar fanlar bo’limi 15 ta kafedradan, to’rt interdisciplinar bakalavriat dasturidan va bir nechta qo’shimcha sohalardan iborat. Bu yerda san’at, musiqa, ingliz tili kabi ko’plab fanlar bo’yicha kurslar mavjud. Garvard shuningdek, talabalar uchun san’at galereyalarini o’rganish imkoniyatini taqdim etadigan san’at ko’rgazmalarini tashkil qiladi.
6. Prinsenton Universiteti, AQSH
Prinsenton universiteti san’at va gumanitar fanlar bo’yicha keng ko’lamli kurslar taklif etadi. Bu kurslarga Sharqiy Osiyo tadqiqotlari, tarix, lingvistika, falsafa va vizual san’atlar kiradi. Universitetning «Gumanitar fanlar ketma-ketligi» degan kursi G’arbiy tarix, falsafa va adabiyotga kirish bo’lib, talabalar uchun muzeylar, spektakllar va san’at galereyalariga sayohatlar tashkil etadi.
7. London Universiteti Kolleji (UCL), Birlashgan Qirollik
UCLning San’at va Gumanitar Fanlar fakulteti ingliz tili va adabiyoti, falsafa, ma’lumotlar tadqiqotlari, yunon va lotin tillari, tasviriy san’at va yahudiyshunoslik kabi turli yo’nalishlarda kurslar taklif etadi. Fakultetda Jeremy Benthamning asarlarini raqamli tarzda transkripsiyalash kabi innovatsion tadqiqotlar mavjud. Har yili fakultet o’zining «Madaniyat festivali»ni tashkil etadi, bu yerda tadbirlar, panel muhokamalari va san’at ko’rgazmalari namoyish etiladi.
7. Kaliforniya Universiteti, Berkli, AQSH
Berkli universitetining san’at va gumanitar fanlar maktabi 19 ta kafedra va 14 ta tadqiqot bo’linmasiga ega bo’lib, san’at tarixi, tillar, klassiklar, solishtirma adabiyot, musiqa va falsafa kabi sohalarni o’z ichiga oladi. Universitetda talabalar kichik guruhlarda darslarni o’tashadi.
9. Chikago Universiteti, AQSH
1890-yilda tashkil etilgan Chikago universiteti 16 ta akademik bo’limni o’z ichiga oladi va san’at tarixi, ingliz tili va adabiyoti, sharqiy tillar va tsivilizatsiyalar bo’yicha 18 ta dastur taklif etadi. Universitetning Interdisipliner markazlarida irq, siyosat va madaniyatni o’rganish bo’yicha tadqiqotlar olib boriladi.
10. Yel Universiteti, AQSH
Yel universitetining Gumanitar fanlar dasturi zamonaviy adabiyot, kino va media, Amerika jazz musiqa va Xitoy tarixi kabi mavzularni o’z ichiga oladi. Talabalarga o’z fikrlarini yozib borish uchun intellektual jurnal tutish tavsiya etiladi, bu ularning fikrlarini aniq ifodalashga yordam beradi.
Times Higher Education tomonidan har yili e’lon qilinadigan ushbu reytingda asosan quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi
1. O‘qitish sifati: Talabalar uchun o‘qitish sifatini baholash, professor-o‘quvchi nisbati, o‘qitish metodlari, talabalar fikri va ularning ma’lumot olish imkoniyatlarini inobatga olish.
2. Tadqiqot Universitetning ilmiy ishlarining hajmi, ta’siri va sifatini o‘lchash, shu jumladan, nashr etilgan maqolalar va ularning ta’siri.
3. Ijtimoiy ta’sir: Universitetlarning xalqaro hamkorliklari, talabalar va professorlarning turli davlatlardan kelishi, xalqaro tadqiqotlar va ta’lim sohasidagi global aloqalari.
4.Sanoat daromadlari : Universitetning sanoat bilan aloqalari va iqtisodiy ta’siri, ayniqsa, tadqiqot va innovatsiyalarni tijoratlashtirish.
5.Obro‘: Akademik hamjamiyatdan olingan so‘rovlar asosida universitetlarning obro‘si.
Bu ko‘rsatkichlar har bir universitetning san’at va gumanitar fanlar sohasidagi natijalariga mos ravishda qayta sozlanadi va baholanadi, bu esa har bir universitetning o‘ziga xos ixtisoslashgan sohasidagi muvaffaqiyatlarini aniq aks ettiradi.
Hozirgi kunda Times Higher Education reytingda asosan dunyoning eng nufuzli va yuqori sifatli universitetlari joy olgan ekan, kelgusida yurtimiz OTMlari ham ushbu ro‘yxatdan yuqori o‘rinlarda qayd etilishiga tilakdoshmiz.