Depressiya uzoq vaqt mobaynida o‘ta tushkun kayfiyat, fikrlar karaxtligi va har qanday ongli faoliyatga bo‘lgan intilishning so‘nishi bilan kechuvchi kasallikdir. Ayollar erkaklarga qaraganda ikki barobar ko‘proq bu xastalikka chalinadi.
Afsuski so‘nggi yillarda bu kasallik ancha yoshargan.
Yoshlar orasida depressiya holatlari ko’payganining bir nechta sabablari mavjud. Mutaxassislar bu jarayonni ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani bilan bog‘lashadi.
Internetning ta’siri
Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalar bilan o’zlarini taqqoslashadi. «Mukammal» hayot va ko’rinishni namoyish qiluvchi postlar ularni o’zlarini kamroq qadrlashga olib kelishi mumkin. Bu esa depressiya va o’z-o’zini past baholashga sabab bo’lishi mumkin.
O’qish va kelajakdagi rejalarga bosim
Yoshlar uchun oliy o’quv yurtiga kirish, yaxshi o’qish va kelajakdagi ish imkoniyatlarini ta’minlash juda katta bosim yaratadi. Bu stress va bezovtalikni keltirib chiqarishi, o’ziga bo’lgan ishonchni kamaytirishi mumkin.
Oila va ijtimoiy muhitdagi muammolar
Yoshlarning oila ichidagi nizolar, moliyaviy muammolar yoki ota-onalarning katta kutishlari kabi omillar ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu holatlar oilaviy muammolarni, stressni va depressiyani kuchaytirishi mumkin.
Narkotiklar va alkogol bilan bog’liq muammolar
Yoshlar orasida narkotiklar va alkogolni suiiste’mol qilish ko’paygan. Bular ruhiy salomatlikni yomonlashtirishi, depressiya va boshqa ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yakkalanish va izolyatsiya
Texnologiyaning rivojlanishi bilan yoshlar ko’proq vaqti va e’tiborini onlayn muhitda sarflamoqda, bu esa real hayotdagi muloqotni kamaytiradi. Yakkalanish hissi va ijtimoiy izolyatsiya depressiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Ruhiy va jismoniy sog’liqni e’tiborsiz qoldirish
Ba’zan yoshlar o’z ruhiy va jismoniy holatini yaxshi baholamaydi. Sport bilan shug’ullanish, yaxshi uyqu va to’g’ri ovqatlanish kabi omillarni e’tiborsiz qoldirish depressiyaga olib kelishi mumkin.
Hayotdagi o’zgarishlar va qarorlar qabul qilish bosimi
Yoshlar uchun hayotdagi katta o’zgarishlar, masalan, o’qishni tugatish, ishga kirish yoki mustaqil hayot boshlash kabi qarorlar qabul qilish juda og’ir bo’lishi mumkin. Bu qarorlar ular uchun kuchli bezovtalik va stress manbaiga aylanishi mumkin.
Keng tarqalgan noto’g’ri tushunchalar va stigma
Ko’plab yoshlar depressiya yoki boshqa ruhiy kasalliklar haqida ochiq gapirishdan qo’rqishadi. Buning natijasida ular yordam so’rashdan tiyilishadi, bu esa holatni yanada og’irlashishiga olib keladi.
Yoshlarning katta qatlami bo ‘lgan talabalar orasida esa depressiya asosan quyidagi omillar ta’sirida ko ‘p uchramoqda.
. Stress va yuklama:
• Raqobat: O’zlashtirish darajasi yuqori bo’lishi uchun talabalar o’rtasida raqobat kuchayadi, bu esa bosimni oshiradi.
• Vaqt yetishmasligi: O’qish, ishlash, ijtimoiy hayot va shaxsiy ehtiyojlar o’rtasida muvozanatni saqlash qiyin bo’lishi mumkin.
• Yolg’izlik: Uyidan uzoqda o’qish, yangi muhitga moslashish, do’stlar orttirishdagi qiyinchiliklar talabalarni yolg’iz his qilishga olib kelishi mumkin.
• Muloqot yetishmasligi: O’z muammolari haqida ochiq gaplasha olmaslik, yordam so’rashga uyalish talabalarni izolyatsiyaga olib keladi.
• Moliyaviy qiyinchiliklar: O’qish to’lovini to’lash, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlarni qoplash talabalarga og’irlik qiladi.
• Noto’g’ri ovqatlanish: Fast food, yarim tayyor mahsulotlar va tartibsiz ovqatlanish organizmga zarar yetkazadi va kayfiyatga ta’sir qiladi.
• Qo’llab-quvvatlashning yetishmasligi: OTMda psixologik xizmatlarning yo’qligi yoki ulardan foydalanishning qiyinligi talabalarga yordam olish imkoniyatini cheklaydi.
Ushbu omillar kompleks tarzda ta’sir etib, talabalar orasida depressiya ko’p uchrashiga sabab bo’ladi. OTMlarda depressiyaning oldini olish va davolash uchun psixologik yordam xizmatlarini ko’rsatish, stressni boshqarish bo’yicha treninglar o’tkazish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va talabalar o’rtasida ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Dipressiyaga chalinmaslik uchun psixogigiyena deb ataluvchi, bizning farovonligimiz asosini belgilab beruvchi turmush tarziga e’tibor qaratish lozim.
Psixogigiyena quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
uyqu tartibi va gigiyenasi — taxminan bir xil vaqtda uyquga yotish va uyg‘onish, uyqu paytida imkon qadar sukunat va qorong‘ilikni ta’minlash hamda yetarli miqdorda (7-8 soat) uxlash;
vaqtida ovqatlanish — foydali, to‘yimli va xilma-xil ovqatlanish;
jismoniy faoliyat — JSST kuniga yarim soat yurishni va haftada 2-3 ta sevimli jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishni tavsiya qiladi;
mehnatdan so‘ng dam olishni bilish — o‘zingizga haddan tashqari ishlar va vazifalarni yuklamaslik, dam olish kunlarini ish bilan o‘tkazmaslik hamda ta’tilga chiqishni unutmaslik;
alkogol va boshqa psixikaga ta’sir qiluvchi moddalardan voz kechish — bunday ichimliklarni iste’mol qilish kayfiyat uchun javob beradigan biologik faol moddalar yetarli miqdorda ishlab chiqarilishiga yo‘l bermaydi va natijada kayfiyat yanada pasaya boshlaydi;
tartib — ruhiy gigiyena tamoyillaridan biri bu atrof-muhitni ham, qalbni ham birdek toza saqlashdir. Uyda shunchaki kichik yumushni bajarish, go‘zallik, tozalik kabi natijani ko‘rish insonga o‘zidan qoniqish hissini beradi;
hobbi — ish, oila va boshqa yumushlardan tashqari insonga quvonch va xotirjamlik olib keladigan biror mashg‘ulot bo‘lishi kerak. Hobbi bizga ishimizdan zavqlanishga yordam beradi. Bu his-tuyg‘ular esa insonga ruhan kuch bag‘ishlaydi va kayfiyatni ko‘taradi.
Aziz talaba! Ushbu tavsiyalarga amal qilsangiz dipressiyaga chalinish xavfi Barchamiz ichki xavotir va tushkunlik negizida aynan nima sabablar yotganini anglash, uni tushunishni o‘rganish va ichki muloqot orqali qalbdagi ziddiyatlarni kamaytirishni o‘rganishimiz lozim. Shunda tushkunlik, depressiv xayollar kelib chiqishining oldini olamiz hamda uni yengishda qanday quroldan foydalanish kerakligini bilib olamiz. Asosiysi, hayotimizdagi eng muhim odam — o‘zimizga g‘amxo‘rlik qilishni unutmasak bas.