“Talabaning bir to‘ygani, boy bo‘lgani”-deganlaridek, talabaning qo‘liga pul tushgan kuni bayram bo‘ladi. Stipendiya tushgan kuni yoki uydanpul kelgan kuni talabalar uchun haqiqiy xursandchilik kuniga aylanadi. Stipendiya narxi 517 ming, a’lochi talabalar uchun 621 ming bo‘ladi biroq shu pulni talabalar uzog‘i bir hafta yoki 10 kun mobaynida sarflab tugatadi. Oxirgi tangasigacha sarflab tugatgandan keyin ilojsiz kimdandir qarz olish yoki darsdan keyin oddiy kunlik ishlarni qilib pul topishadi. Uydan kelgan pulga-ku qanoat ham qilishmaydi. Muammo shundaki, ularning ko‘pchiligi pulini nimaga sarflab qo‘yganini o‘zi ham bilmaydi. Shu kabi, muammolarga yechim berish va pulni to‘g‘ri sarflash borasida quyidagi tavsiyalar sizga yordam beradi:
Reja tuzing
Daromad va xarajatlaringizni aks ettiruvchi batafsil byudjetni yarating. Bu sizga pulingiz qayerga ketayotganini ko‘rishga va tejashingiz mumkin bo‘lgan sohalarni aniqlashga yordam beradi.
Keraksiz xarajatlarni kamaytiring
Oylik obunalar, o‘yin-kulgi va boshqa xarajatlaringizni tahlil qiling. Siz foydalanmayotgan xizmatlar yoki mahsulotlar uchun pulni behuda sarflamasligingizga ishonch hosil qiling.
Xaridlaringizni zaruratga bog‘lang
Xarid qilishdan oldin har doim ro‘yxat tuzing va unga rioya qiling. Agar chindan ham zarurat bo‘lmasa, ayniqsa savdo paytida impulsli xaridlardan saqlaning.
Narxlarni taqqoslash
Mahsulotlarni sotib olishdan oldin, turli do‘konlardagi va onlayn narxlarni solishtiring. Bu sizga eng yaxshi takliflarni topishga va pulni tejashga yordam beradi.
Pulingizni jamg‘aring
Har oy hisobingizdan omonat hisobingizga ma’lum miqdorni avtomatik tarzda o‘tkazishni boshlang. Bu muhim maqsadlar uchun pulni tejash va uni ko‘paytirishga yordam beradi.
Yana bir eng muhim faktor bu har oylik qabul qilgan daromad (Stipendiya, ota-onangiz bergan pul yokioylik maoshingizni) sarflash mobaynida ularni foizlarga taqsimlab oling. Masalan, siz talabasiz hech qayerda ishlamaysiz, muayyan oylik daromadingiz yo‘q faqatgina bir oylik stipendiyangiz 517 ming vaota-onangiz bergan pul 700 ming qo‘shsak 1 million 217 ming mablag‘ bor. Uni to‘g‘ri sarflash uchun 50/30/20 nomli metodga amal qilishingiz kerak.
Har oylik kirimingizning 50 % ini ya’ni yuqoridagi misol 1 million 217 mingning yarmini 608 ming 500so‘mni asosiy ehtiyojlaringizga (ijara to‘lovi, oziq-ovqat) bo‘lishi mumkin;
30 % mablag‘ingizni ya’ni 182 ming 55 so‘mni(o‘yin-kulgi, dam olish) va qolgan xaridlaringizni amalga oshirish uchun;
Qolgan 20 % pulingizni (121 ming 7 so‘mni) qarzlaringizni to‘lash va jamg‘arish uchun sarflashingiz mumkin.