O‘zbekistonda ikki universitetda o‘qish nega man etilgan?

Mamlakatimizda bir vaqtning o‘zida ikkita oliygohda o‘qish mumkin emas, ammo bir vaqtning o‘zida abituriyent sifatida ham, o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun ham hujjat topshirish mumkin.

AQSh, Yevropa, Rossiya va Qozog‘istonda talabalar bir vaqtning o‘zida bir nechta OTMda o‘qib, ikki yoki undan ortiq diplom olish huquqiga ega. Bu yondashuv yoshlarning bilim doirasini kengaytiradi. O‘zbekistonda esa mavjud cheklovlar ko‘p yo‘nalishli ta’lim olishga to‘siq bo‘lib, ta’lim tizimining jozibadorligini pasaytiradi.Bunday cheklovlar ta’limning ochiqligi va moslashuvchanligiga zid. O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi oxirgi yillarda jadal rivojlanib, OTMlar soni 77 tadan 203 taga yetdi. Talabalarni qamrab olish darajasi esa 9% dan 42% ga oshdi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida ikki OTMda o‘qish imkoniyati cheklangani bo‘yicha shikoyatlar ko‘paymoqda. Qolaversa, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi ortib, ko‘plab sohalarni bir vaqtda egallashni istashmoqda.

Ayni jihatlarni inobatga olib, O‘zbekistonda fuqarolarga bir vaqtning o‘zida ikki oliy ta’lim muassasasida o‘qish taqiqlanishi sabablari muhokama qilindi. Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Sharipovga rasmiy so‘rov yubordi.

So‘rovda senator mamlakatda nega bunday cheklov mavjudligini tushuntirishni so‘ragan. Fuqarolar bir necha yo‘nalishda bilim olish orqali mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishni istashmoqda, biroq amaldagi tartib bunga imkon bermaydi. Senatorning fikricha, bunday cheklovlar ta’limning ochiqligi va moslashuvchanligiga zid. Bahrom Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikning izohi amaldagi qoidalar talabalar va jamiyat manfaatlariga qanchalik mos kelishini aniqlashga yordam beradi.

Senator bu masalada rasmiy tushuntirish so‘rab, Oliy ta’lim vaziriga so‘rov yubordi. U amaldagi 393-son qaror va HEMIS tizimi yoshlarning bir nechta yo‘nalishda o‘qish imkoniyatini cheklayotganini ta’kidladi. So‘rovda senator mamlakatda nega bunday cheklov mavjudligini tushuntirishni so‘ragan. Fuqarolar bir necha yo‘nalishda bilim olish orqali mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishni istashmoqda, biroq amaldagi tartib bunga imkon bermaydi. Bugunning talabasi, kechagi  talabadan keskin farq qiladi. Zamon o‘zgarishi bilan yoshlarning fikrlashi ham shunga monand ilgarilamoqda. Yoshlar bir vaqtning o‘zida bitta  soha emas, bir necha sohaga qiziqishi, o‘rganishi davr talabi. Shuni hisobga olgan holda, bir vaqtning o‘zida ikki OTMda o‘qishga ruxsat berilsa, bu foydadan holi bo‘lmasdi. Siz-chi, bu borada qanday fikrdasiz?