O‘zbek tili boy, ammo lug‘atimiz qashshoq

«Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq»

Bugun Davlat O‘zbek tilida gapirishimiz, yozishimiz, fikrlashimiz, hisob-kitob qilishimiz, muomala qilishimiz va shu kabilar har birimizda u yoki bu darajada.

Ishoqxon to‘ra Ibratning “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillarni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”, deb bir asr narida aytgan so‘zlari bugungi yoshlarga ham qaratilgan.

Darhaqiqat, ko‘p tilli bu kurrai zaminda o‘z tilini a’lo darajada bilgan va ko‘p tilni puxta o‘zlashtirgan xalq yutadi. Agar tilga hozirgidek munosabat davom etaversa, bir necha yildan keyin so‘z boyligimiz faqatgina lug‘atdagina qoladi.

Bugun tilimiz boy lug‘atimiz qashshoq deyish ayni haqiqat, nazarimda. Maqolada bu borada ilmiy asoslangan faktlar haqida so‘z yuritamiz.

Qadimda insonlar urug‘-qabila bo‘lib yashab kelgan. Boshqa xalqlar, millatlar bilan aloqalari oddiy kundalik turmushdagi aloqalardan boshlangan. Munosabatlar natijasida xalqlar bir-biridan ma’lum bir narsalarni o‘rgangan, biri ikkinchisiga o‘rgatgan. Bir tildan boshqa tilga so‘zlar shu tariqa kirib borgan. Mana shu jarayonda turkiy tilimizni boyligi rus-tiliga o ‘zlashgan so‘zlarda namoyon bo‘ladi.

Olimlarning fikriga ko ‘ra, rus tiliga o‘zlashib, til leksikasini boyitgan turkiy so‘zlar juda ko‘p.

Masalan: tanga – dengi, o‘tuk – utug, o‘choq – ochag, qaratash – karandash, qopqon – kapkan, tovar esh – tovarish, ayron – ayran, tarvuz – arbuz, qovurdoq – kavardak, yorliq – yarlik, ovul – aul so‘zlari rus tili va tafakkurini boyitgan.

Nega chet tillarini qorishtirib, sof o‘zbekchada gapirmaymiz?

Birgina turkcha “qo‘lbasti “ rus-tiliga  “kolbasa” shaklida o‘zlashgan. Mutaxassislarning o‘rganishlariga ko‘ra, azaldan turkiy xalqlar chorvadorlik bilan kun kechirgan va ularda go‘shtli taomlar ko‘p tayyorlangan. Ana shunday taomlardan biri qoramol, ot, qo‘y va boshqa hayvonlarning ichagiga go‘sht-yog‘ tiqib, qaynatib pishirilgan. Demak, ichakka qo‘l bilan go‘sht-yog‘ni bosib-tiqib tayyorlanadigan yegulik qo‘lbasti deyilgan. O‘zaro oldi-berdi jarayonlarida yoki mehmondorchilik paytida ruslar ham bu yegulikni ko‘rgan yoxud yegan bo‘lishi tabiiy. Shu tarzda ayni taom rus oshxonasiga, qo‘lbasti so‘zi rus tiliga kirib borgan. Rus tilda q tovushi bo‘lmagani sababli o‘z tillariga moslab kolbasa deb atay boshlaganlar. Keyinchalik ruslar kolbasa tayyorlashning yangi-yangi usullarini tayyorlashni, o‘zbeklar qazi, hasip pishirishni o‘rgandilar. XX asrning ikkinchi yarmidan qo‘lbasti degan so‘zimiz kolbasa bo‘lib tilimizga qaytib keldi.Xullas, bu kabi so ‘zlarni ko ‘plab keltirish mumkin.

Tilimizning boyligi haqida yana bir fakt bitta so‘zning o‘nlab ma’nolari borligida namoyon bo‘ladi, Masalan: Ot so‘zini ko ‘rib chiqamiz.

Ot, uning bolasi toychoq ikki yoshiga to‘lguncha “toy”,    uch yoshlisi  “g‘o‘non”, to‘tr yoshlisi “do‘non”,  keyin “pishti” deb atalib boraveradi. Otning erkagi – “ayg‘ir”, urg‘ochisi – “baytal”, tug‘gani va bo‘g‘ozi – “biya” deyiladi. Eng qarisi esa “qirchang‘i”.

Bu kabi misollarning adog‘i yo ‘q. Shunday ekan boy tilimiz bo‘la turib nega rus-ingliz kabi chet tillarini qorishtirib, sof o‘zbekchada gapirmaymiz?

Qanday qilsam, ona tilimni boyishiga hissa qo‘sha olaman?

So‘nggi  yillarda o‘zbek tili davlat tili vazifasini ado eta olishini amalda isbotladi, shu yillar ichida tilimiz yanada rivojlandi, terminlar bilan boyidi.

Xo‘sh, so‘zlar, iboralar hamma vaqt ham o‘z o‘rnida ishlatilayaptimi, ona tilimizni, uning lug‘at boyligini qashshoqlashtirib, qo‘ymayapmizmi, degan savollar har birimizni tashvishlantirib turishi lozim.

Bugun ilmiy adabiyotlarni, matbuotni, umuman, yozma va og‘zaki nutq madaniyatini kuzatganda sof o‘zbekcha, gapirishimiz, yozishimiz, fikrlashimiz, hisob-kitob qilishimiz, muvozanat bilan muomala qilishimiz  va  shu kabilar  har birimizda u yoki bu darajada ekanligiga guvoh bo ‘lamiz. To‘g‘ri, yoshlar chet tillarini bilishi davr talabi. Lekin, Mashhur ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning o‘tgan asrning 20-yillarida aytgan so‘zlarni unutmaylik: «Turkistonliklar besh tilni — turkiyni, forsiyni, arabiyni, farangiyni (yevropa tillaridan birini), dunyoviy ishlar uchun esa rusiyni bilmog‘i kerak». Ha, ko‘p tilli bu zaminda o‘z tilini a’lo darajada bilgan va ko‘p tilni puxta o‘zlashtirgan xalq yutadi. Agar tilga hozirgidek munosabat davom etaversa, bir necha yildan keyin so‘z boyligimiz faqatgina lug‘atga jo bo‘ladi-qoladi, kelajak avlod esa muomulada chala -yarim chet-tillarini qorishtirib gapirishga odatlanib qoladi.

Shunday ekan har birimiz tilimizning boy lug‘atidan samarali foydalanishimiz kerak. Shunchaki sof o‘zbekcha gapirib ham bu jarayonga hissa qo‘sha olishimiz mumkin.