Eng yaxshi aktyorlar o ‘qigan OTM qaysi? Bu borada Times Higher Education o ‘rganishlari qanday?
“Oskar” – kino olamining cho’qqisi hisoblanadi. Ammo, bu shonli mukofotga erishish yo’lida, iste’dodlar qayerda “pishib yetiladi”? So’nggi o’n yilliklarda “Eng yaxshi aktyor” va “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyalarida g’olib bo’lganlar qayerda tahsil olishgan?
2025- yilgi “Oskar” taqdirlash marosimi o’tgandan keyin va qizil (shampan rangli) gilam yana bir yilga yig’ishtiridi. Times Higher Education esa so’nggi 30 yilda “Eng yaxshi aktyor” va “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyalari bo’yicha “Oskar” olgan g’oliblarning qayerda universitetda o’qiganliklarini o’rganishga qaror qildi.
Tahlil shuni ko’rsatdiki, “Oskar” olgan aktyorlarning aksariyati oliy ma’lumotga ega. Eng ko’p “Oskar” sovrindorlarini yetishtirgan oliygohlar orasida Kaliforniya universiteti tizimi, Yeli universiteti va Kembrij universiteti ajralib turadi.
Qizig’i shundaki, ko’plab “Oskar” olgan aktyorlar teatr yoki drama sohasida tahsil olmagan. Ingliz adabiyoti, san’at, fotosurat va musiqa ham mashhur yo’nalishlar bo’lgan. Natali Portman esa, psixologiyani tanlab, an’anaviy yo’nalishdan chetga chiqqan.
Nega Kaliforniya universiteti bitiruvchilaridan mukofot sovrindorlari ko‘p?
Gollivudga yaqin hududda o’qish, aktyorning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshirishi mumkin. Chunki, Kaliforniya universiteti tizimi bitiruvchilari orasida “Oskar” olganlar ko’p. Shunindek, Kaliforniyadagi jamoat kollejlari ham iqtidorli aktyor va aktrisalarni yetishtirgan.
Kembrij universiteti Eddi Redmeyn, Emma Tompson va Oliviya Kolman kabi yulduzlarni dunyoga tanitgan. Yeli universiteti esa Meril Strip va Frensis MakDormand kabi aktrisalarga magistr darajasini bergan.
Ammo, shuni ta’kidlash joizki, “Oskar”ga olib boradigan yo’l har doim ham universitet orqali o’tmaydi. So’nggi 30 yil ichida yetti nafar aktyor va besh nafar aktrisa umuman universitetda o’qishmagan. Ular iste’dodlari va mehnatlari tufayli muvaffaqiyatga erishganlar. Bunday aktrisalardan biri Mishel Yeohdir.
“Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi g’oliblari erkak hamkasblariga qaraganda universitetda o’qish ehtimoli ko’proq bo’lgan, ammo ularning ba’zilari o’qishni o’rtasida tashlab ketishgan. Times Higher Education reytingida yuqori o’rinlarni egallagan universitetlar ko’proq “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi g’oliblarini yetishtirgan.
Xulosa qilib aytganda, “Oskar”ga erishish yo’li turli-tuman. Iste’dodli aktyor va aktrisalar Ivy League (nufuzli) universitetlarida ham, jamoat kollejlarida ham, hatto universitetda umuman o’qimasdan ham yetishib chiqishi mumkin. Kelajakda qaysi yo’l “Oskar”ga olib borishini esa vaqt ko’rsatadi.