Talabamisiz?
Unda bu raqamlarni sir saqlaganingiz ma’qul!!!
Talabalar o‘zlari bilishi va hammaga ham aytavermasligi kerak bo‘lgan bir qancha maxsus kodlar mavjud. Ko‘p hollarda talabalar o‘zlari bilmagan holatda shaxsiy ma’lumotlarini so‘ragan odamga bularni aytib qo‘yadi. Talabalar har qanday shaxsiy yoki o‘zi haqidagi ma’lumotni oshkor qilishdan oldin uni berayotgan odamdan nima sababdan so‘rayotganini bilishi kerak. Demak, keling gapni uzoqdan aylantirmasdan nimalarni sir saqlash kerakligi bilan tanishsak:
- Plastik karta raqami
- Passport seriya raqami
- Hemis parol
- Telefon raqamiga ro‘yxatdan o‘tish uchun jo‘natilgan kodlar
Nima uchun bularni sir saqlash kerak?
Globallashuv olamida yashayotgan ekanmiz, shaxsingiz haqidagi har qanday ma’lumotlar kiberjinoyatchilar uchun tayyor o‘lja bo‘lishi mumkin. Ular ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlar (telegram, instagram, facebook) orqali qandaydir norasmiy firma yoki sovrinli o‘yin deya xabar yuborish orqali insonlar ishonchiga kiradi. Vaholanki, ko‘pchilik sodda talabalar ularning Litsenziyasi bormi yoki yo‘qmi? Ishonchli yoki yo‘qligiga qarab ham o‘tirishmaydi. Har yili bunday holatlar ko‘payganidan ko‘paymoqda ammo hech kamaygani yo‘q.
Statistika nima deydi?
Tadqiqotga ko‘ra, mamlakatlar Jahon kiberjinoyat indeksi (WCI) reytingi bo‘yicha:

Kiberjinoyatchilikning eng baland ko‘rsatkichi 58.39 foiz bilan Rossiyada qayd etilgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda Ukraina 36.44 va Xitoy 27.86 foiz bilan egallab turibdi.
Kiberjinoyatning eng keng tarqalgan turi qaysi?
Fishing – kiber jinoyatning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib qolmoqda korxonalar va jismoniy shaxslar duch keladigan eng keng tarqalgan kiber tahdid bu fishingdir. Kiberhujumlar global miqyosda 2020-yilga nisbatan 2021-yilda 125 foizga oshdi va 2022-yilda ham biznes va jismoniy shaxslarga tahdid solayotgan kiberhujumlar hajmi oshib bordi.
2021 yilda 323 972 internet foydalanuvchisi fishing hujumlari qurboni bo‘lganini ma’lum bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, ma’lumotlar buzilgan foydalanuvchilarning yarmi fishing hujumiga uchragan. Pandemiya avj olgan davrda fishing hodisalari 220 foizga oshgan. 2021-yilda 1 milliardga yaqin elektron pochta xabarlari fosh etildi, bu har 5 internet foydalanuvchisidan 1 tasiga taʼsir koʻrsatdi.
Ulardan himoyalanishning yo‘li bormi?
Albatta bor, buning uchun quyidagi qoidalarga amal qilishingiz zarur:
- Zaifliklarni tuzatish uchun qurilmaingizdagi barcha dasturlarni yangilab turing;
- Zararli dasturlardan himoya qilish uchun antivirus dasturlari va xavfsizlik parollarini o‘rnating;
- Hisoblaringizni himoya qilish uchun kuchli parollar va ikki faktorli identifikatsiyadan foydalaning;
- Shubhali havolalar, qo‘shimchalar va shaxsiy ma’lumotlar so‘rovlaridan ehtiyot bo‘ling. Zinhor bularni oshkor qilmang;
- Kiberhujum sodir bo‘lganda ma’lumotlarni yo‘qotmaslik uchun ma’lumotlaringizni tez-tez zaxiralang;
Keltirilgan qoidalarga amal qilsangiz va hamma narsani tekshirib ko‘rib keyin ish ko‘rsangiz bunday noxush va yomon holatlar kuzatilmaydi. Ogoh bo‘ling, aziz talabalar!