Oliy ta’limda yigitlardan ko‘ra ko‘proq qizlar o‘qiydi

Prezidetimiz tashabbusi bilan yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish jarayonlari yaqin 5 yil ichida sezilarli darajada ortdi. Qabul kvotalarining oshirilishi va imtihonlarning ochiqligi va haqqoniyligini ta’minlash vazifalari birinchi darajaga ko‘tarildi. Bundan tashqari xotin-qizlarning oliy ta’limdagi ko‘rsatkichlari sezilarli ortib, Oliy ta’lim vazirligi taqdim etgan statistikasiga ko‘ra (https://stat.edu.uz/students), respublikadagi barcha OTMlarda o‘qiyotgan 1 mln 312 ming talabaning 650 ming nafari erkaklar, 662 ming nafarini esa xotin-qizlar tashkil etgan.

Quvonarli holat, negaki xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat grandining ko‘paytirilishi, «Ayollar» va «Temir daftar»ga kirgan oilalar bilan ushbu ko‘rsatkichlar ancha ko‘tarilgan.

Magistraturada tahsil olayotgan 24 ming talabaning 60 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. E’tiborlisi shundaki, magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar to‘liq davlat grandi asosida o‘qiydi.

Talaba qizlar katta kurs bo‘lishlari bilanoq mutaxassisligi bo‘yicha tashkilot va muassasalarida amaliyot o‘tab, ishga joylashmoqda. Xotin-qizlar ulushi yuqoriligida ularga berilgan imtiyozlar ham yordam berayotgan bo‘lishi mumkin.