Oʻqish va ish uchun musiqa

Agar bu qiz bilan tanish boʻlsangiz, demak, Sizning ham tungi soat 3gacha dars tayyorlashingizga toʻgʻri kelgan. Musiqa tinchlantiradi va chalgʻitmaydi, vizual esa Gibli studiyasi animelari personajlarini eslatadi. Bir soʻz bilan aytganda, uy ishlari yoki kurs ishini bajarish uchun juda mos keladi.

Fon sifatida qoʻshib, bemalol ishni boshlash uchun musiqa. Eʼtiborni butunlay jamlashga va zerikib qolmaslikka yordam beradi.

Uyga vazifalarni tezda bajarib, uxlashga yordam beradigan sokinlashtiruvchi fon musiqasi. Nafaqat oʻqishga, balki tunda hayol surishga ham mos keladi.

https://youtu.be/SiLVhVZKaOw

Uch soatlik ajoyib musiqa, samarali dars tayyorlash va ortiqcha hech narsa.

Kayfiyatingizni koʻtarib, tetiklashtiruvchi qisqa musiqalar. Shuningdek, kanalda yangi yil, qish, bahor va yoz kayfiyatini beruvchi pleylistlar ham bor.

Oyna ortida qor, Siz esa lampa yorugʻida kitob oʻqib, daftarga qaydlar yozyapsiz. Pianino ohanglari Sizga tinchlanib, shinam uy muhitida rohatlanishga yordam beradi.

Va yana shu qizga qaytamiz. Quloqchinlarni taqamiz va soatlab konspekt yozamiz yoki prezentatsiya tayyorlaymiz, bir vaqtning oʻzida sokin va xotirjam musiqadan rohatlanamiz. Shu muallif pleylistidagi boshqa musiqalarni ham tinglab koʻrishni tavsiya qilamiz.