Nostrifikatsiya imtihonidan o‘tolmaganlar  2 barobari ko‘p to‘lov qilinadimi? Tartibi qanday?

 ”Avlod media”ga Nostrifikatsiya imtihonlarini to ‘lovlari va qayta topshirish bilan bog ‘liq murojaatlar kelgan. Maqolada ushbu mavzu yuzasidan to ‘liq ma’lumot beramiz.

Nostrifikatsiya bu xorijiy universitet diplomining yurtimizda “tan olinishi”ni bildirib, nostrifikatsiyadan oʻtgan diplomlar bilan Oʻzbekiston hududidagi davlat korxona va tashkilotlarida ishlash mumkin boʻladi.  Vazirlar mahkamasi qaroriga muvofiq, xorijiy mamlakatda oʻqigan shaxsning diplomini tan olinishi haqidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma unga Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida taʼlimning keyingi bosqichini oʻqishga va kasbiy faoliyat yuritishga huquq beradi.

Nostirifikatsiya test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir test savoli uchun 2 daqiqadan, jami 100 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoli 2 ball bilan baholanadi. Imtihondan o‘tish 56 balni tashkil etib, undan kam to‘plangan holda testdan o‘tolmagan hisoblanib, diplom tan olinmaydi. Testdan o‘tolmaganlar qaytadan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin va qayta ro‘yxatdan o‘tishda bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari (750 ming so‘m) to‘lov amalga oshiradi.

Nostrifikatsiya (xorijiy diplomlarni O‘zbekiston hududida tan olinishi) uchun ro‘yxatdan o‘tishning 2 xil usuli mavjud:

1 My.gov.uz sayti orqali

2 Davlat xizmatlari markazi orqali 

1-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/oz) orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor boʻladi.

Kerakli hujjatlar:

➖ Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom (notarial tasdiqlangan pdf holatda)

➖ Diplom ilovasi (o‘zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)

Buning uchun:

• Portalga (https://my.gov.uz/oz) kirasiz.

• Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.

• Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Ta’lim boʻlimi tanlaysiz.

• Diplomni nostrifikatsiyalash boʻlimiga kirasiz.

• Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.

• To‘lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali).

2- usul. Davlat Xizmatlari markazi orqali. Bunda o‘zingizga eng yaqin va qulay bo‘lgan istalgan Davlat Xizmatlari Markaziga kerakli hujjjatlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

3- DXM orqali murojaat qilinganda:

➖ pasport;

➖ Diplom va ilovaning asl nusxasi;

➖ Diplom va ilovaning o‘zbek tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan nusxasi.

Nostrifikatsiya uchun to‘lov mavjud bo‘lib, u bazaviy hisoblash miqdoring 3 barobarini (1 125 000 so‘m) tashkil etadi.

Ariza 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi va hujjatlarda kamchilik mavjud bo‘lmasa imtihonga kirish uchun tegishli ruxsatnoma shakllanadi.