Nega talabalar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishlar soni ortmoqda?

Talabalik davri ko‘plab imkoniyatlar bilan to‘la, chunki bu vaqt bilim olish, shaxsiy rivojlanish, yangi do‘stlar orttirish va tajriba orttirish uchun eng yaxshi davrdir. Biroq, bu davrda stress, moliyaviy muammolar va vaqtni boshqarishdagi qiyinchiliklar ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, kelajak haqidagi xavotirlar ham talabalarga ta’sir qilishi mumkin. Talabalik oltin davr bo‘lishi uchun o‘z vaqtini boshqarish, stressni yengish va kelajak maqsadlarini aniq belgilash zarur. Ammo bugun talaba-yoshlarda bu ko‘nikmalar yetarlimi? So‘nggi paytlarda talabalar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq holatlar sodir etilayotgani, stress, depressiya, o‘z-o‘zini boshqarish va psixologik yordam masalalari tobora muhim ekanligini bildiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zMU talabasining o‘z joniga qasd qilgani bilan bog‘liq xabarni o‘qiganimga hali bir oycha bo‘lgani yo‘q edi. Ammo bugun ertalabdan yana bir holat Buxoroda talaba qiz yotoqxonada o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabardan dilim xira bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz institut yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qilgan.

Talaba institut yotoqxonasida uksusdan zaharlanishi oqibatida ahvoli yomonlashgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xo‘sh nega bunday holatlar ko‘paymoqda?

O‘zbekistonda talabalar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payishiga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin.

1. Talabalik davrining qiyinchiliklari:

Talabalar o‘zlariga qarshi turli tashvishlar va muammolarga duch kelishadi.

2. Psixologik bosim: Imtihonlar, kelajakdagi muvaffaqiyat haqida qayg‘ular, ijtimoiy tarmoqlardagi ideal tasvirlar talabalar ustiga qo‘shimcha stress keltiradi.

3. Ijtimoiy va oilaviy muammolar:

Ota-onalar bilan muammolar, iqtisodiy qiyinchiliklar, izolyatsiya va yolg‘izlik o‘z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin.

4. Psixologik yordamning yetishmasligi:

O‘qituvchilar va universitetlar psixologik yordamni erta ko‘rsata olmaydi, xizmatlar yetarli emas.

5 Internet va ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siri: Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z joniga qasd qilish holatlari, yolg‘izlik va xavotirni kuchaytiradi.

6. Ruhiy salomatlik muammolari: Depressiya, tashvish kabi ruhiy muammolarni hal qilish uchun yordam yetarli emas.

Muammoning yechimi qanday?

  1. Muammosi bor yoshlarga e’tiborni kuchaytirish.

OTM tizimida tan olish kerak, iqtidorlilar bilan ishlash, ularga motivatsiya berish va ularni qo‘llab-quvvatlashga, muammosi bor yoshlarga ko‘mak berish, ularni psixologik ko‘mak berishdan ko‘ra kam e’tibor qaratiladi, ular e’tibordan chetda desak ham bo‘laveradi. Bu holatni bartaraf etish va muammosi borlarga ham. e’tibor berilishi kerak.

2.OTMlarda psixologlar faoliyatini rivojlantirish kerak.

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida psixologik xizmatlar mavjud bo‘lsa-da, ba’zi universitetlarda ular cheklangan yoki rivojlanmagan. Psixologlar faqat talabalar uchun stress, tashvish, imtihon bosimi va shaxsiy muammolarni hal qilishda yordam beradi. Ammo, psixologlarning soni va malakasi har xil, ko‘pchiligi professional emas. Yan bir jihat ,talabalar orasida psixologik yordamga bo‘lgan talab ortsa ham, ko‘plab talabalar yordam olishmaydi. Shu boisdan OTMlarda psixologlar faoliyatini takomillashtirish bu kabi muammolarga yechim bo‘lishi bilan ahamiyatli.