Nega qizlar videomontajchi boʻlgisi kelmaydi?

Kompyuter. Kompyuter texnologiyalari bilan bogʻliq barchamutaxassisliklar kelajak kasblariga toʻgʻri keladi: dasturchi, IT mutaxassisi, kompyuter texnikasini ishlab chiquvchi. Axborot texnologiyalari rivojlanishda davom etadi, shuning uchun yaqin kelajakda bunday mutaxassisliklar yuqori hurmatga sazovor boʻladi.

Oxirgi vaqtlarda koʻpchilik IT, SMM, marketing kabi yoʻnalishlarni tanlamoqda. Ular orasida qizlar koʻpchilikni tashkil qiladi.

Sababi onlayn tartibda masofadan turib, ishlash xotin-qizlar uchun ayni muddao. Ayniqsa SMM marketing qizlar orasida ommalashib ulgurdi. Ammo videomontajchi-qizlar sanoqli.

Bugun ijtimoiy tarmoqlar tezlik bilan rivojlangani sari saytlar soni ham kundan – kunga ortib bormoqda. YouTube va Instagram kabi tarmoqlarga joylangan video «prosmotr» boʻlgani sari keyingisini talab etaveradi yaʼni bugunda internet qancha video boʻlsa «yutvoradi».

Yana bir muhim jihat shundaki, ijtimoiy tarmoqlar matnli formatdan koʻra, videomateriallarni ko’proq talab etadi

Masalan, YouTube va Instagram kabi tarmoqlarda yaxshi videolar oʻrtacha 3-4 millionlab koʻrilyapti. Matnli formatdan koʻra videomateriallarni odamlar afzal bilishmoqda. Bundan koʻrinib turibdiki, videokontentlarga boʻlgan talab oshgandan keyin mahsulotni tayyorlovchi professional mutaxassislarga ham talab oshaveradi.

Yurtimizda negadir montajchilik «oʻgʻil bolalarga xos» degan qarash shakllanib ulgurgan. Ammo qizlardan ham mahoratli montaj ustalari chiqishi shubhasiz, ammo negadir ular kamchilikni tashkil etadi. Demak qizlar montajchi boʻlishni istamayapti. Lekin, montajchilikni qoʻshimcha kasb sifatida boʻsh vaqtlarida oʻrganib, yaxshi ish ham topsa boʻladi.

Talaba-qizlarga tavsiya: boʻsh vaqtlarda videomontajchi kurslarini mustaqil oʻrganib qoʻyish zarar qilmaydi, ayniqsa yozgi taʼtilda. Bu ham bitta qoʻshimcha kasb, foyda ham keltiradi.