Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining joriy yilda e’lon qilingan global hisobotiga ko‘ra, dunyo aholisining 20 foizi tamaki iste’mol qiluvchilarni tashkil etgan bo‘lsa, ularning 13 foizi, 15-24 yosh toifasidagi odamlar tashkil etadi.
Garchi 13-15 yoshli bolalarning taxminan 10 foizi butun dunyo bo‘ylab tamaki mahsulotlarini iste’mol qilsa-da, ularning umumiy soni belgilangan foizga ko‘ra, 37 millionni tashkil etadi. Achinarlisi, ularning aksariyati voyaga yetmagan yoshlar va talabalarni qamrab oladi. Tamakining zararligini bilib turib uni iste’mol qilish yosh o‘tgani sari o‘pka, o‘tkir ichak infeksion kasalliklari, oshqozon va jigar faoliyatiga jiddiy zarar keltirib, insonni yemiradi.
Ayrim o‘g‘il bola talabalar Nima uchun tamaki iste’mol qilasiz? degan savolga quyidagicha javob berishdi:
“Bilasizmi, buning sababini o‘zim ham tushinmayman. Har kuni ertalab turishim bilan sigaretni chekmasam uyqudan uyg‘ona olmayman. Odatda, qornim ochmi yo to‘qmi farqi yo‘q humori tutsa chekmaguncha boshim og‘rishda davom etaveradi”
“Agarda o‘zimga sotib olgan sigaretimni hech kimga bermasam, bir haftaga polna yetadi. Agarda kimgadir bersam, bir yoki ikki kunda tugatib qo‘yaman. Ochig‘ini aytsam, o‘g‘il bola talabalar yeyishga narsasi yo‘qligidan emas balki, qandaydir shaxsiy yoki hayotiy qiyinchiliklar oldida qattiq stressga tushgan paytida beixtiyor chekib qo‘yganini bilmay qoladi”
Umuman olganda ular o‘zlarining nima maqsadda chekayotganini tushinishmaydi ham anglashmaydi ham. Shunday ekan, ayrim omillar bunga butkul sabab bo‘la oladi.
– Stress va moslashish: Universitetda o‘qish yuqori darajadagi stress bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ba’zi talabalar chekishni stressdan xalos bo‘lish yoki his-tuyg‘ularni yengish usuli sifatida ishlatishadi;
– Chekish madaniyatning bir qismi sifatida: Ba’zi madaniyatlarda chekish odatiy odat sifatida qabul qilinadi va ko‘plab yoshlar oilaviy an’analar yoki tengdoshlarining odatlari tufayli chekishni boshlaydilar. Bu holat aynan (yevro guruhlarda) kuzatiladi.
– Mavjudlik va marketing: Tamaki mahsulotlariga oson kirish va yoshlarga mo‘ljallangan reklama kompaniyalari talabalar orasida chekishni ommalashtirishga olib keladi.
– O‘z-o‘zini ifoda etishga intilish: Ba’zi talabalar chekishni o‘zlarini ifoda etish, jamiyat me’yorlariga qarshi chiqish yoki mustaqil qilib ko‘rsatish usuli sifatida ko‘rishlari mumkin.
Bu omillarga qaramasdan, yoshlar o‘rtasida chekish ko‘rsatkichlari o‘zgarib borayotgani, ko‘plab talabalar chekishning zararidan xabardor bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini tanlayotganini ta’kidlash lozim. Chekishni tashlash qiyin jarayon, ammo to‘g‘ri yondashuv bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin. Bu yerda yordam berishi mumkin bo‘lgan ba’zi tavsiyalar:
Chekishni tashlash sanasini belgilang
Chekishni tashlaydigan kunni tanlang va unga tayyorgarlik ko‘ring. Rad etish usullarini o‘rganing. Asta-sekin kuniga sigaretalar sonini asta-sekin kamaytiring.
O‘rnini bosuvchi terapiyadan foydalaning
Chekinish alomatlarini kamaytirishga yordam beradigan saqich yoki semechka kabi variantlarni ko‘rib chiqing. Do‘stlaringiz va oilangizning yordamidan foydalaning. Qaroringiz haqida yaqinlaringizga ayting. Ularning yordami jarayonni ancha osonlashtirishi mumkin.
Odatlaringizni o‘zgartiring
Kundalik tartibingizni o‘zgartiring, chekish joylari va vaziyatlardan qochishga harakat qiling.
Sport bilan shug‘ullaning
Jismoniy faollik ishtiyoqni kamaytirishga va umumiy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi. Stressni boshqarishni o‘rganish uchun meditatsiya, yoga yoki oddiygina tashqarida yurish kabi yengil usullarini qo‘llang.
Professional yordamni qo‘llang
Qiyinchiliklarga duch kelsangiz, psixologni ko‘rish yoki chekishni tashlash dasturlarini qo‘llashga arziydi.
Eng muhimi, doimo o‘zingizni mukofotlang. Yutuqlar uchun mukofot tizimini o‘rnating masalan, 1 hafta, chekmaganligingiz uchun o‘zingizga nimadir sovg‘a qiling, masalan (qo‘l soati, budilnik yoki oddiygina ehtiyojlarga qarab nimadir) bo‘lishi mumkin. Esingizda bo‘lsin, chekishni tashlashda siz darhol muvaffaqiyatga erisha olmagan bo‘lsangiz ham, taslim bo‘lmang. Chunki (Impossible is possible) ya’ni imkonsiz so‘zida ham imkon so‘zi bor. Demak siz harakatdan to‘xtamasangiz natijaning o‘zi siz kutmagan paytda beriladi.