Nega masofadan turib ishlashni ma’qul ko‘ruvchilar soni ortmoqda?

Tan olish kerak so‘nggi paytlarda uydan turib ishlash tendensiyasi ortmoqda.

Bu nafaqat oliy ma’lumotli, o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislar faoliyatida qolaversa, talaba-yoshlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi paytlarda masofadan turib ishlovchi talabalarning soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Bu holat dunyo miqyosida qanday?

Ish vaqti qisqarmoqda

Dunyo tajribasida allaqachon masofadan turib ishlash o‘zini oqladi deya olamiz. Jahon miqyosida uydan ishlash tendensiyasi avj olyapti. Ayni paytda barchamiz ushbu sotsial inqilob guvohiga aylanmoqdamiz. Birgina Buyuk Britaniya misolida olsak, COVID’gacha

4,7% britaniyaliklar uydan ishlagan bo‘lsa, pandemiyadan so‘ng 40%gacha odam haftasiga hech bo‘lmasa bir kun uydan ishlashini aytgan. Ishxonalarda ish vaqti qisqarmoqda.

Amaliyotda uydan ishlash ijobiy samara berilishi kuzatildi. Ko‘pchilik aynan  shu usulda faoliyat olib borishni maqul ko‘rmoqda.

Asosiysi, ishga qatnashda vaqt va naqd ham tejalishiga erishilyapti.

Uydan ishlash oiladagi munosabatlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, xodim oʻz uyida ish faoliyatini olib borar ekan, bu u ishlaydigan idoradagi sarf-xarajatlarning iqtisod qilinishiga ham olib keladi. Elektr energiyasi, xodim oʻtiradigan xona uchun ijara toʻlovi va boshqa kommunatsiya xarajatlari oʻz-oʻzidan qisqaradi. Dunyoga mashhur Tvitter kompaniyasi oʻz xodimlarining bir umr uyda ishlashiga ruxsat berdi. Buning sababi oddiy: pandemiya tufayli xodimlar oʻz uylarida ishlay boshlagan, ish esa yana-da samaraliroq boʻlgan. Qolaversa, xodimlarning ofislarga kelmagani ham moddiy resurslar iqtisod qilinishiga zamin yaratgani shubhasiz.

Masofadan ishlashning salbiy tomonlari

Ayrim ish beruvchilar uydan ishlash jamoaviy ish samaradorligi va kreativlik pasayishiga olib kelayotganini aytishmoqda. Mijozlar bilan aloqani talab qiluvchi bizneslar aziyat chekishi mumkin. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasidagi aksariyat ishlarni uydan bajarib bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda masofadan ishlash

O‘zbekistondaham COVID’dan so‘ng uydan ishlash tendensiyasi qisman rivojlanmoqda. Ayniqsa, IT, kreativ soha vakillari uchun bu ancha qulay variant.

Asosan amalda ish faoliyati kompyuter bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kasblar, yaʼni ishi yozish-chizishdan iborat boʻlgan, qilingan ish natijasini elektron vositalar orqali uzatish imkoniga ega boʻlganlar bu usuldan foydalanib kelgan.

Mehnat qonunchiligida masofaviy ishlash

Yevropa ittifoqi davlatlarida hamda AQSH, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlar mehnat qonunchiligi allaqachon masofaviy ish usuli mexanizmini mustahkamlab qoʻygan. Bunda mehnatga oid nizolar yoki mehnat shartlarini qoʻllash yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar Xalqaro mehnat tashkilotining tegishli konvensiyalari va mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Masofadan ishlash usuli Rossiyada 2013-yildan beri mavjud.

O’zbekistonda masofadan turib ishlashning qonuniy asoslari

2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan Mehnat Kodeksining 452-moddasida xodimlarni masofadan turib ishlash tushunchasi berilgan boʻlib, unga asosan masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan yerdan, tashkilotning alohida tuzilmasidan (shu jumladan boshqa yerda joylashganlaridan) ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida boʻlgan statsionar ish joyidan, hududdan yoki obyektdan tashqarida bajarishdan iborat boʻlib, bunda mazkur mehnat vazifasini bajarish hamda uni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida hamkorlikni amalga oshirish uchun axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish shart boʻladi.

Masofadan turib ishlash rejimi quyidagi hollarda belgilanishi mumkin:

•  xodimni ishga qabul qilishda;

•  xodim odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga oʻtkazilgan taqdirda ish jarayonida.

•  Muayyan ish beruvchida ishlayotgan shaxsning avvalgi mehnat vazifasini davom ettirgan holda odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga oʻtkazilishi mehnat shartlarining oʻzgarishidir.

•  Xodimning odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga oʻtkazilishi, agar bunda xodimning mehnat vazifasi oʻzgarsa, boshqa ishga oʻtkazish hisoblanadi.

•  MKning 453-moddasiga asosan doimiy va vaqtincha masofadan turib ishlash – ish beruvchi bilan:

•  mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan ishni bajarishning butun vaqti davomida masofadan turib ishlash toʻgʻrisida nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasi;

•  ish beruvchining nazorati ostida boʻlgan statsionar ish joyidan tashqarida doimiy asosda ishlash haqidagi shartni oʻz ichiga olgan mehnat shartnomasiga doir qoʻshimcha kelishuv tuzgan shaxslarning ishi doimiy asosda masofadan turib ishlashdir.

•  Vaqtincha masofadan turib ishlash xodim tomonidan mehnat vazifasini uning roziligi bilan ish beruvchining nazorati ostida boʻlgan statsionar ish joyidan tashqarida vaqtincha bajarilishini nazarda tutuvchi ish rejimidir. Vaqtincha masofadan turib ishlashda mehnat shartnomasi taraflarining roziligi bilan masofadan turib ishlash rejimining muddati shart qilib koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

 Masofadan turib ishlash rejimining muddati quyidagilar vositasida aniqlanishi mumkin:

•  kun, oy va boshqa muddatlarda masofadan turib ishlashning umumiy muddati davomiyligini koʻrsatish;

•  masofadan turib ishlash boshlanadigan va tugallanadigan kalendar sanani belgilash;

•  yuz berishi bilan masofadan turib ishlash rejimi muddati tugashiga olib keladigan hodisani aniqlash (epidemiya munosabati bilan joriy etilgan karantin choralarining bekor qilinishi, tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarish avariyasi oqibatlarining bartaraf etilishi va boshqalar).

•  Vaqtincha masofadan turib ishlashga oʻtishning eng koʻp muddati bir yildan oshmasligi kerak.

•  Vaqtincha masofadan turib ishlash muddati tugagach, ish beruvchi xodim uchun u masofadan turib ishlash rejimiga oʻtguniga qadar ishlagan avvalgi ish rejimini belgilashi shart. Agar masofadan turib ishlashga oʻtish vaqtincha boʻlgan boʻlsa, ish beruvchi xodimning oʻtkazilish muddati tugashi bilan unga avvalgi mehnat vazifasi boʻyicha ishini ham berishi shart.

•  Talabalar masofadan ishlasa yetuk kadr bo‘la olmaydimi?

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston sharoitida masofaviy ish usulining yaxshi tomonlari bilan bir qatorda ayrim noqulay jihatlari yoʻq emas. Bu aloqa sifatining hamma joyda ham talabga javob bermasligi, internet tariflarining qimmatligi bilan bogʻliq.

Qolaversa, faqat uyda ishlash xodimlarda jamoa ichida oʻzini tutish va muloqot etikasi keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Masofaviy ishlash, ayniqsa, Talabalar – yosh kadrlar uchun qiyinchilik tugʻdirishi turgan gap. Tashkilotda ular tajribali xodimlardan bevosita oʻrganishi mumkin boʻlgan jihatlarni oʻrgana olmaydi. Bu esa ularning yetuk xodim boʻlib shakllanishi, tajriba orttirishini maʼlum maʼnoda cheklaydi.