“Assalomu alaykum “Avlod Media” jamoasi! Men O‘zbekiston Milliy Universitetida To‘lov-kontrakt orqali stipendiyasiz, kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyman. Sessiyada barcha fanlarimni a’lo baholarga yopganim uchun menga har oy stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 20 foizi (104) ming so‘m to‘lanar edi. Ammo fevral oyida oxirgi oy belgilangan stipendiyam tushmay qoldi. Shuning uchun sizdan ushbu holatni o‘rganib ma’lumot berishingizni so‘rayman. Oldindan Rahmat!”
Fevral oyida talabalarga stipendiya tushmaganlarining ikkita sababi bor:
- Fanlardan qayta topshirishga qolganlik uchun;
- O‘quv rejadagi fanlarning 30 va undan ortiq foizini qoniqarli (3) bahoga topshirganligi uchun;
Ushbu sabablarga ko‘ra stipendiya tayinlanmasligini bilaman lekin fevral oyi kuzgi semestr tarkibida emasmi? – degan talabalar uchun javob;
- Yo‘q, fevral oyi kuzgi semestr tarkibida emas. VMQ-824 / 31.12.2020-yil Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra o‘quv semestrining akademik davri davomiyligi 1 semestr uchun 15 hafta etib belgilangan shunga ko‘ra fevral oyi bahorgi semestrning boshi hisoblanadi.
O‘quv semestri davriga to‘lansa, o‘qish davri 10 oy bo‘ladi-ku stipendiya 12 oy uchun to‘lanmayadimi? Ikki oylik pulimiz qayerga ketadi?
- Xavotirga o‘rin yo‘q, albatta, stipendiya o‘quv davri uchun to‘lanadi va VMQ-59 / 31.12.2020-yil Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi nizomda talabalarning malakaviy amaliyot va ta’til davri uchun stipendiyalari saqlab qolinishi belgilangan shunga ko‘ra stipendiya 5+5+2=12 oy muddatga tayinlanadi.
Manba: O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi rasmiy telegram kanali https://t.me/Ulugbek_Tukhtayev