Muvaffaqiyat… Bu so‘zni inson hayotidagi ahamiyati beqiyos. Muvaffaqiyat insonni o‘ziga ishonchliroq, baxtliroq va maqsadliroq qiladi. Shuningdek, muvaffaqiyat jamiyatga foyda keltirish, boshqalarga yordam berish va dunyoni yaxshiroq qilish imkonini beradi.
Talabalar uchun muvaffaqiyatning ahamiyati ulkan hisoblanadi. Talabalar hayotida muvaffaqiyat nafaqat yaxshi o‘qish va diplom olish, balki o‘z-o‘zini anglash, shaxsiy rivojlanish va jamiyatga foyda keltirish uchun muhim omildir.
Xo‘sh, muvaffaqiyatga olib boruvchi yo‘l qanday? Buni aniq formulasi bormi? Bu savolga javob topish uchun ilmiy tadqiqotlar va qiziqarli faktlarga murojaat qilamiz.
Muvaffaqiyat – bu taqdir emas, balki jarayon!
Ko‘plab tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishishning yagona formulasi yo‘qligini tasdiqlaydi. Ammo, ular bu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga harakat qilishadi.
Intellekt muhimmi?
Albatta, yuqori IQ ba’zi sohalarda ustunlik berishi mumkin. Ammo, Stenford universiteti psixologi Kerol Duekning ta’kidlashicha, “qat’iyatlilik intellektdan ustun turadi”. U o‘z tadqiqotlarida “o‘sish mentaliteti”ga ega bo‘lgan odamlar qiyinchiliklarni imkoniyat sifatida qabul qilishlarini va muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlagan.
O‘ziga ishonch – muvaffaqiyat kaliti
Michigan universiteti tadqiqotchilari o‘ziga yuqori baho bergan odamlar ko‘proq harakat qilishlarini, qiyinchiliklardan qo‘rqmasliklarini va maqsadlariga erishish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashgan.
Omadli inson muvaffaqiyatli inson hisoblanadimi?
Omad ham muvaffaqiyatda muhim rol o‘ynaydi. Ammo, amerikalik yozuvchi Jim Ron ta’kidlaganidek, “Omad – bu tayyorgarlik va imkoniyat uchrashgan joydir”. Ya’ni, muvaffaqiyatga erishish uchun faqat omadga ishonib qolmasdan, doimo tayyor turish kerak.
Umuman olganda, jahon segmentida muvaffaqiyat tushunchasi juda keng, asosan, oddiy farovonlik va moliyaviy erkinlik, kasbiy yutuqlar, ta’lim, shaxsiy rivojlanish, boshqalarga yordam, oila kabi tushunchalar bilan ifodalanadi.
Zamonaviy o‘zbek segmentida muvaffaqiyat tushunchasi
Alisher Navoiyning fikricha, insonning eng katta muvaffaqiyati – bu odamlarga manfaat keltirish va ularning xotirasida yaxshi nom qoldirishdir. Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida muvaffaqiyatga erishish uchun ilm-fan, hunar o‘rganish, mehnat qilish va vatanparvar bo‘lish zarurligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, ma’rifatli va mehnatkash inson o‘z yurtiga foyda keltirishi va shu orqali muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Zamonaviy o‘zbek segmentida muvaffaqiyat tushunchasi global dunyoqarash bilan uyg‘unlashgan holda talqin etiladi. Ular muvaffaqiyatga erishishda innovatsion fikrlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlaydilar. Bu tushuncha faqat moddiy boylik yoki obro‘ bilan emas, balki insonning ma’naviy kamoloti, insoniylik fazilatlari, jamiyatga foyda keltirishi va vataniga sadoqati bilan bog‘liq tushunchadir.
Qiziqarli faktlar:
· “Muvaffaqiyatli” deb hisoblangan odamlarning aksariyati (Bill Geyts, Stiv Jobs, Mark Sukerberg) universitetni tugatmagan. Bu oliy ma’lumot muvaffaqiyatning kafolati emasligini ko‘rsatadi.
· Millionerlarning aksariyati boy oilada tug‘ilmagan. Ular o‘z mehnatlari va intilishlari bilan moliyaviy muvaffaqiyatga erishganlar.
· Ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar hayotida bir necha bor mag‘lubiyatga uchragan. Ammo, ular bu mag‘lubiyatlardan saboq olib, yanada kuchliroq bo‘lishgan.
Xulosa:
Muvaffaqiyat formulasi mavjud emas, lekin unga olib boruvchi ko‘plab yo‘llar bor. Qat’iyatlilik, o‘ziga ishonch, o‘rganishga intilish va omadga tayyor turish – muvaffaqiyat sari qo‘yilgan muhim qadamlardir. Eng muhimi, o‘z yo‘lingizni topish va undan chekinmaslik!