Mushuklarga g‘amxo‘rlik  qilish talabalarga urfga aylandimi?

Toshkentdagi ayrim oliygohlarda talablarining mushuklarga g‘amxo‘rlik qilishini ko‘p uchratish mumkin. Bu hatto an’anaga ham aylanib  ulgurgan. Ijobiy tomoni, yoshlarning ona-tabiatga, jonzotlarga mehribonligini ko‘rsatadi.   Moskva davlat universitetining (MDU) Toshkent filiali ham bu “an’ana”ni davom ettirdi.

Gap shundaki, MDU filialining binosiga  ikki mitti bolasi bilan mushuk kelib qolgan.  Go‘yoki, mushuk odamlardan yordam so‘rayotgandek. Mushuk oilasini birinchi bo‘lib talabalar payqashdi, ular ovqat berib, erkalashdi.

Universitet dekanlari va o‘qituvchilari ham, mushuk va bolalarining qolishiga qarshi bo‘lishmadi, faqat talabalardan ularni hovliga olib o‘tishni so‘rashdi. Hovliga mo‘ynali uy, suv va ovqat uchun chiroyli idishlar keltirildi. Tozalikka rioya qilishga va’da berildi.

Ammo talabalarning bu xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Shahrimizda  ko‘p uchraydigan holat yuz berdi.  O‘zini mas’ullar deya tanishtirgan kishilar kelib oliygoh hovlisida, “tepadagilar”ning ruxsatisiz mushuk va bolalarini parvarishlash mumkin emasligini aytishdi.

Mushukchalarni dalaga olib borib, tashlab yuborishini aytishdi.

 Talabalar mushuk va uning bolalarining ahvolidan xavotirga tushishadi va bunday shafqatsizligiga yo‘l qo‘ymaslik chorasini topishdi 

Voqea xulosasida, mushuk-ona va uning bolalarini darhol talabalardan birining yaqinlari o‘zining ofisiga, qulay sharoit bor joyga olib ketilgani va mehribon insonlar borligi aytiladi

Mushuklar yaxshi odamlarning yordami bilan qutqarilgan va ularning hayoti xavfsiz joyda davom etgan.

Xulosa

Talabalarning bu kabi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga sharoit yaratib berish orqali, biz yosh avlodning ekologik ongini yanada oshirishimiz, atrof-muhitga befarq bo‘lmasliklarini ta’minlashimiz mumkin. Bunday mehr va e’tibor, kelajakda tabiatga g‘amxo‘rlik qiladigan, mas’uliyatli va insonparvar shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Talabalarning ushbu ijobiy tajribasini ommalashtirish, boshqa oliygohlar va jamiyatning barcha qatlamlarini ham shu ruhda faoliyat yuritishga undaydi.