Mobil telefon ta’lim samaradorligiga ta’sir qiladimi?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisi 7,8 milliard kishidan iborat. Bu katta raqam, ammo uni 100% deb hisoblasak, aholining

75% odam mobil telefonga ega

25% odamda mobil telefon yo‘q

30% odam internetga kirish imkoniyatiga ega

70% odamda internetga ulanish imkoniyati yo‘q.

Bugun barcha sohaga internet kirib borib ulgurdiki, undan yosh avlodni cheklash muammoga aylanib bormoqda.

Bir tomondan, telefon zamonaviy o‘quv resursi, ikkinchi tomondan esa, e’tiborni chalg‘ituvchi omil. Shu bois telefondan foydalanishda talaba yoshlarga butunlay cheklov qo‘yish murakkab masalaligicha qolmoqda.

O‘zbekistonda qonunchilikka ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 139-Qaroriga muvofiq, talaba darsda telefondan foydalanish mumkin emas! Ammo ushbu qarorning 2-qismi 9-bandiga asosan faqat asosli kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda talaba telefondan foydalanishi mumkin!

Ya’ni ota-onasi, yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, OTM rahbariyati va xodimlari, yaqin qarindoshlari bilan fayega chiqqan holatda telefonda gaplashishi, ularga sms yozishi mumkin. Qolaversa, har bir OTMning ichki tartib qoidasi bo‘lib bunda bu kabi masalalar tartib qoidalar aniq belgilangan bo‘ladi.

Telefonning inson organizmiga ta’siri

AQSH olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarning telefonga haddan tashqari bog‘lanib qolishi salbiy jihatlari mavjud. 

Xususan, o‘quvchilar har 10 daqiqada telefonini qo‘liga olishi refleksga aylanib qoladi. Shuningdek, mobil telefonlardan chiqayotgan nurlanish organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, xotirani susaytirishi, arterial qon bosimining oshishi va uyqusizlikka olib kelishi aniqlangan. Shunday ekan, telefondan noto‘g‘ri foydalanishning salbiy oqibatlarini inkor etib bo‘lmaydi.

Telefondan ko‘p foydalanish ta’lim samaradorligi tushiradi

2023 yili YUNESKO tashkiloti butun dunyo maktablarida smartfonlardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqan edi.

Unga ko‘ra, telefondan ko‘p foydalanish ta’lim samaradorligi tushishiga sabab bo‘lishi, ekranga ko‘p qarash bolalarning hissiy barqarorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shundan kelib, aytish mumkinki, Gadjetlarga xayoli bo‘lingan talaba  qayta diqqatini jamlashi uchun 20 daqiqa sarflashi kerak bo‘ladi. Bu esa talim olishga salbiy ta’sir qiladi.

Ayniqsa, o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch keladigan talabalarda bu borada o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlari kerak

Shuningdek, ko‘p vaqt ekranga qarash ham o‘zlashtirishidan tashqari ularning ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchanligiga, ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilishi, yoshlarda ruhiy inqirozlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Jahon tajribasi

Dunyo bo‘ylab talabalarning telefondan foydalanishiga yondashuvlar turlicha. Ba’zi mamlakatlarda telefondan dars jarayonida foydalanishga cheklovlar o‘rnatilgan bo‘lsa, boshqalarida esa, aksincha, ta’limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga ko‘proq e’tibor beriladi.

Fransiya: Fransiya maktablarida 2018-yildan boshlab mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan. Sababi, o‘quvchilarning diqqatini o‘quv jarayonidan chalg‘itish va ijtimoiy tarmoqlarga haddan tashqari bog‘lanib qolishining oldini olish. 

Avstraliya:  Avstraliyaning  ko‘plab

maktablarida ham dars vaqtida telefonlardan foydalanish qat’iy taqiqlangan. Ammo, talabalarga o‘quv maqsadlarida, masalan, tadqiqot o‘tkazish yoki o‘quv materiallariga kirish uchun telefondan foydalanishga ruxsat beriladi. 

Kanada: Kanadada talabalarga telefondan foydalanishda ancha erkinlik berilgan. Lekin, o‘quv jarayonida telefondan oqilona foydalanish va boshqa talabalarga xalaqit bermaslik shart. Ba’zi o‘qituvchilar o‘z darslarida o‘quv maqsadida telefondan foydalanishga ruxsat berishadi.

Xulosa:

Inkor etib bo‘lmaydi, talabalarning  ta’lim olishi uchun internet, mobil telefondan foydalanishi yangi  imkoniyatlar eshigini ochsa, ikkinchi tomondan, e’tiborni chalg‘ituvchi omil bo‘lishi mumkin. Bu esa talabani o‘ziga bog‘liq.

Takliflar;

1.Har bir talaba mobil qurilmadan foydalanishda faqat o‘ziga foydali bilim va ko‘nikma olish uchun, e’tiborini chalg‘ituvchi tomonlaridan uzoq bo‘lishiga jiddiy e’tibor qilish kerak, talabani ayni jihatga undovchi  bu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishida ta’lim muassalari ham amaliy tashabbuslar ko‘rsatish kerak

O‘qituvchilar o‘quv jarayonida telefondan samarali foydalanishga targ‘ib qilaverish   kerak. 

2.O‘quv muassasalarining ichki qoidalari aniq va oqilona bo‘lishi kerak, zamonaviy darslar ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liqligi hisobga olingan holda, cheklovchi qonun-qoidalar belgilangan bo‘lishi maqsadga muvofiq;

3.Talabalarda telefondan o‘quv maqsadlarida foydalanish va boshqa talabalarga xalaqit bermaslik mas’uliyatini his etishlari ko‘nikmalari shakllantirish kerak, bu jarayon avvalo talabani o‘ziga bog‘liq.

4.Yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish muhim, lekin shu bilan birga ularning salbiy ta’sirlaridan ham himoyalanishimiz kerak. Bu jarayonda o‘quv muassasalari, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot muhim rol o‘ynaydi.

Xulosa

Mobil telefonlar ta’lim samaradorligiga ta’sir qiladimi? Agar undan to‘g‘ri  maqsadda foydalanilsa, ta’lim samaradorligini oshirishga erishiladi, agar notog‘ri  foydalanilsa,  aksincha bo‘lishi mumkin.

Kelajakda bizning maqsadimiz telefondan ta’lim olish uchun bir vosita sifatida foydalanishga o‘tishimiz kerak. Talabalarga o‘z-o‘zini boshqarish va telefondan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishimiz muhim. Bu orqali biz nafaqat bilimli, balki mas’uliyatli avlodni tarbiyalashga erishamiz.