Ko‘pchilik talabalar dam olish kunlari kutilganidek dam olishmaydi. Bu bo‘lsa keyingi haftaning muvaffaqiyatli boshlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Aslida bo‘lsa, juda ham oddiy odatlar bilan siz nafaqat miyangizni balki jismoniy salomatligingizga ham katta e’tibor qaratgan bo‘lasiz.
O‘zingiz sevgan musiqalaringizni tinglang
Ko‘pchilik o‘zlarini muhim voqeaga ruhiy tayyorlash uchun motivatsion musiqadan foydalanadi. Siz ham dam olish kuningizni kayfiyat bag‘ishlaydigan trek bilan o‘tkazing. Agar siz doimo bir xil qo‘shiqni tinglashni xohlamasangiz, alohida playlist tuzib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.
Doimiy kiyimlaringizni almashtiring
Agar o‘qish joyingiz yoki ish joyingizda qat’iy kiyinish qoidalari bo‘lsa yoki uniforma kiysangiz, darhol uyga kelib qulay kiyim kiyishga harakat qiling. Hech qachon ofisga kiymaydigan narsalarni tanlab kiysangiz bo‘ladi.
Ish yoki o‘qishingiz haqida gapirishni to‘xtating
Hafta tugagandan keyin demak, ish va o‘qishingiz ham tugaydi shuning uchun ular haqida soatlab gaplashib o‘tirish shart emas. Bu odatdan voz kechish yaxshiroq, chunki bunday suhbatlar yana bizning e’tiborimizni ishga qaratadi va to‘liq dam olishga imkon bermaydi.
Nafas mashqlarini bajaring
Nafas mashqlari o‘qish va ish kunlaridagi stressdan xalos bo‘lish, jismoniy va psixologik dam olishning eng samarali va oddiy usullaridan biridir. Shuning uchun, oxirgi vazifangizni tugatganingizdan so‘ng, 10 marta sekin va chuqur nafas oling. Tanangizda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga e’tibor bering, oshqozon va ko‘krak qafasingizni havo bilan to‘ldiradi. Mashqlar davomida siz o‘zingizni ancha yaxshi his qilasiz va yengil tortasiz.
Keltirib o‘tilgan oddiy ammo juda ham foydali maslahatlarga amal qilsangiz, ishonamizki dam olish kuningiz har safargisidan ancha quvvatga boy o‘tadi!