Limondan limonad qilishni o‘rganing

Biz MFaktor asoschisi – Hasan Mamasaidovning YouTube ijtimoiy tarmog‘idagi ko‘plab intervyu va treninglarini tomosha qildik va ular asosida qahramonimiz nutqidan olingan eng sara tavsiyalarini to‘pladik:

Yoshlardagi eng katta resurs – vaqt va g‘ayrat. Fursatdan unumli foydalanish va limondan limonad qilishni o‘rganish kerak.

XXI asrda trendda bo‘lsak, keraksiz odamga aylanmaymiz.
Xohlaymizmi, xohlamaymizmi joyimizda turish uchun yugurishimiz kerak.

***

Yaxshi ko‘rgan ishingiz bilan shug‘ullaning – shug‘ullangan ishingizni yaxshi ko‘ring. Va eng muhimi, bu ishdan yaxshi daromad toppish yo‘lini toping. Buning yo‘li bor!

***

Odam o‘zi yaxshi ko‘rmagan sohada rivojlanib ketolmaydi. Yaxshi ko‘rmagan sohangizga “pul bor ekan” deb intilsangiz, birinchi zarbadayoq tushkunlikka tushib qolasiz.

Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan zo‘r emas. Faqat ular sizdan sal oldinroq qaysidir savollarga javob topishgan.

Pul bermasa ham, nima qilgan bo‘lardingiz? Xobbiyingiz – sizning biznesingiz bo‘lishi kerak. Mana shu yerda zavq bo‘ladii. Inson yaxshi ko‘rgan narsasi bilan shug‘ullansa, u ishxonaga ishlagani emas, zavq olgani keladi.

***

Dunyoqarash o‘zgarishi uchun 3 muallifning kitoblarini o‘qishni tavsiya qilaman:
– Napaleon Hill
– Brayan Treysi
– Deyl Karnegi

O‘zing o‘zgarmasang, olam o‘zgarmaydi. Yaxshi insonlar bilan suhbat va yaxshi kitoblar mutolaasi insonni o‘zgartiradi.

***

Bugungi natijaga erishishimiz orqasida kechagi qarorlarimiz turibdi. Ertga qaysi natijaga erishishimiz bugungi qarorlarimizga bog‘liq. Ishlamagan odam – xato qilmaydi.

***

Brend – bu ishonch! Shaxsiy brend sifatida o‘zingiz va korxonangizni insonlar uchun kashf qiling. Piar – bugungi kunda juda muhim. Agar siz borligingiz haqida aytmasangiz, odamlar buni qayerdan biladi? Tadbirkor buni insonlarga eslatib turishi kerak. Har kim marketing va reklamadan iloji boricha har kuni foydalanishi lozim.

***

Boshqa bilimlarni olib, uni o‘zingiz uchun tatbiq qiling, boshqalar g‘oyasidan ilhomlaning!

***

Inson o‘z qobig‘idan chiqishi kerak. Bir yilda kamida 2 marta dunyo mamlakatlarini kezish va dunyoqarashni kengaytirish lozim.

Yangi boshlayotganlarga ham, puli bor insonlarga ham kredit olmaslikni qat’iy tavsiya qilaman. Muvaffaqiyatim omili ham, mag‘lubiyatim omili ham aynan kredit bo‘lgan.

Insonlar emotsiyada pulini to‘g‘ri-noto‘g‘ri ishlatib qo‘yadi. Pulni ishlab topish emas, uni saqlab qolish va ko‘paytira olish muvaffaqiyat omili bo‘lib xizmat qiladi.

***

Savdoni oshirish – narxlarni tushirish degani emas! Arzon xaridor soni hech kimni boy qilmaydi. Savdoni qo’shimcha qadriyatlar oshiradi: o’zgacha muhit, yaxshi serviz hamda muamala va, albatta, yuqori sifat.

***

Biz o’z umrimizni, vaqtimizni, harakatimizni, xarajatimizni zoya ketqazmaslikka alohida e’tibor qilishimiz lozim.

Hammaning ko‘nglini birdek olish qiyin, chunki siz 100 $ lik pul emassiz.

Qoqilsangiz, hech kim yordam bermaydi, hattoki orqangizdagi soya ham quyosh ketgandan keyin ketadi.

Agar pul bo‘lmasa, kompaniyada kislorod tugaydi. Pul kelmay qolsa, kalla ishlamaydi. Pul – ovqatga o‘xshaydi.

***

Odamlar sotib olishni yoqtirishadi, lekin ularga nimanidir sotmoqchi bo‘lsangiz, yoqmaydi.

Siz, avval, mijozni eshitishni o‘rganing. Mijozga o‘z mahsulotingiz yoki xizmatingizni emas, uning orzusini soting!

***

Savdoni oshiruvchi 4 ta resurs:

VaqtEnergiyaPulStatus

Hasan Mamasaidov nafaqat «MFaktor» loyihasining, balki «Dekos», «Office Market» kabi omadli loyihalar va kompaniyalar asoschi hisoblanadi. Bugungi kunda ular O’zbeksistonning yetakchi tadbirkorlaridan birib bo’lib, o’z atrofida yurtimizning oldi tadbirkorlarini bir oiladek birlashtirgan shaxs sifatida e’tirof etiladi. Qolaversa, ko’pchilik ularni biznes motivator-arator sifatida ham yaxshi taniydi. Hozirda talaygina yoshlar va o’z biznesini yangi boshlagan tadbirkorlar Hasan akani o’zlariga ustoz deb bilishadi. Yuqorida keltirilgan ushbu maslahatlar yoshlar uchun hayotda va biznesda asqatadi degan umiddamiz!

Muallif: Jamshid Max