20-21-22 avgust kunlari Toshkent shahrining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Media Birlashmasi tomonidan “Navqiron jurnalistlar” media-kemp 2024 yozgi oromgohi tashkil etildi. Uch kun davom etgan Media oromgoh dasturidan xalqaro media konferensiyalar, seminar-treninglar, quiz o‘yinlar va madaniy ko‘ngilochar dasturlari o‘rin egallagan. Tashkiliy ishlar va dam olish vaqtida hech qanday salbiy holatlar kuzatilmagan. Ziyo forum ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondiga qarashli “Avlod Media” ommaviy axborot vositasining to‘rt nafar jurnalisti ham ishtirok etdi. Keling, qatnashchilarning taassurotlari bilan o‘rtoqlashamiz.
Gulshoda Murtazoyeva “Avlod Media” reportyor, jurnalisti
“Media camp 2024 yozgi oromgohi juda yaxshi tashkil etilgan. Tashkiliy ishlar yuqori darajada bo‘ldi. Mazza qilib dam oldik biroq, meni bitta savol o‘ylantirdi. Nima sababdan faqatgina saralab ayrim tashkilotlar va telekanallarga xabar qilingan? Qolgan davlat telekanallari hamda talabalarining xabari bo‘lmagan? Fikrimcha, barchaga birdek xabar qilinishi va taklif etilgani maqsadga muvofiq bo‘lar edi”
Madina Abdurahmanova “Avlod Media” reportyori
“Media camp biz yoshlar uchun juda ham yaxshi imkoniyatlar va shu bilan birga yangi taassurot va bilimlar olishimizga yordam berdi. Jamoamiz bilan juda xursand boʻldik”
Sabohat Tursunboyeva “Avlod Media” reportyori, journalist
“Yozgi media oromgohi jurnalistlar bilan juda zo‘r shukuhda bo‘lib o‘tdi. O‘zim uchun ham ma’naviy ham madaniy xordiq oldim. Menimcha har bitta faslda mana shunaqa media jamoalari bilan ko‘plab uchrashuvlar tashkil qilib turish kerak deb o‘ylayman”
Jayron Berdiyeva “Avlod Media” copywriteri, jurnalist
“Men MediaCamp 2024 yozgi oromgohida qatnashganimdan juda xursandman. Olam-olam taassurotlar va yangi insonlar bilan do‘stlashish imkoniyatini hadiya qilgan ushbu oromgoh tashkilotchilariga va Ziyo forumga alohida tashakkur izhor etaman”
Ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi “Ziyo forum” har doim o ‘z xodimlarini rivojlantirish va vaqti-vaqti bilan malakalarini oshirish, madaniy xordiq chiqarish maqsadida bu kabi oromgohlar, teambuildinglar va ochiq suhbatlarni tez-tez tashkillashtiradi va ularni jo‘natib boradi.