Kurs ishi, mustaqil ishlarni elektron shaklga o’tkazish vaqti kelmadimikin?

Eng ko’p havoni  ifloslantiruvchi jarayon qog’oz ishlab chiqarish ekanligini bilarmidingiz? 

Qog’oz ishlab chiqarish uchun har yili millionlab gektar o’rmon yo’q qilinadi, bu esa biologik xilma-xillikning yo’qolishiga va iqlim o’zgarishiga olib keladi.

EPA (AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi) ma’lumotlariga ko’ra: Qog’oz ishlab chiqarish boshqa materiallarga qaraganda ko’proq energiya talab qiladi va ko’proq ifloslantiruvchi moddalarni chiqaradi. 

Qog’oz ishlab chiqarish dunyodagi daraxt kesishning asosiy sabablaridan biri. Yiliga dunyo bo’ylab o’rtacha 7 milliard tup daraxt qog’oz ishlab chiqarish uchun kesiladi. Bu yovvoyi tabiatning yo’qolishi va karbonat angidrid (CO2) miqdorining ortishiga olib keladi.

Masalan, 1 tonna qog’oz ishlab chiqarish uchun taxminan 2 tonna CO2 gazi chiqishi mumkin.

  Qog’ozni qayta ishlash bu muammoni biroz yengillashtiradi. Chunki energiya 40% kamroq, yangi qog’oz ishlab chiqarishga qaraganda 50% kam CO2 gazini chiqaradi. 

Eng ko‘p qog ‘oz iste’moli ta’lim muassasalarida ekanligini hisobga olsak, o’quv muassasalarida qog’ozdan kamroq foydalanish, ishlatilgan qog’ozni qayta ishlash uchun saralash dolzarb hisoblanadi. Har yili butun dunyo bo’ylab talabalar va o’qituvchilar tomonidan foydalaniladigan qog’oz miqdori juda katta bo’lib, bu atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi

Dunyo tajribasi

Ayni muammo dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi OTM larda bir necha yillar ilgari ko‘tarilgan, kurs ishi, diplom ishi kabi qog’oz ishlatiladigan jarayonlarni elektron tizimga o’tkazish bo’yicha katta ishlar ham qilingan va bu jarayon davom etmoqda. Natijada elektron ta’lim platformalari, onlayn topshiriqlar va baholash tizimlari, elektron hujjat aylanishi va masofaviy ta’limning rivojlanishiga erishildi. Bu esa qog’oz sarfini kamaytirishga va ta’lim jarayonini yanada samarali qilishga yordam bermoqda.

AQSh: Ko’pgina universitetlar, jumladan, Garvard universiteti, Stanford universiteti va Massachusets texnologiya instituti (MIT) elektron ta’lim platformalaridan faol foydalanadi va talabalarga topshiriqlarni onlayn topshirish imkoniyatini beradi. Ba’zi universitetlar qog’ozsiz imtihonlarni ham joriy qilgan.

Buyuk Britaniya: Oksford universiteti va Kembrij universiteti kabi yetakchi universitetlar ham elektron ta’lim platformalaridan keng foydalanadi va talabalarga topshiriqlarni onlayn topshirishni tavsiya qiladi.

Avstraliya: Avstraliya universitetlari, jumladan, Melburn universiteti va Sidney universiteti, barqarorlik siyosatini olib boradi va qog’oz sarfini kamaytirishga qaratilgan turli xil tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaydi.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kurs ishi, diplom ishi kabi qog’oz ishlatiladigan jarayonlarni elektron tizimga o’tkazish masalasi juda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va Onlayn topshiriqlar va baholash tizimlarijoriy etilgan. Natijada  kurs ishlari, referatlar va boshqa topshiriqlar elektron shaklda topshiriladi va o’qituvchilar tomonidan onlayn baholanadi. Bu qog’oz sarfini kamaytirish bilan birga, baholash jarayonini tezlashtiradi va shaffof qiladi.

Shuningdek, qog‘oz sarfi muammosini yechimi sifatida universitetlarda:

Elektron ta’lim platformalaridan keng foydalanish: Rivojlangan mamlakatlardagi ko’pgina universitetlar Canvas, Moodle, Blackboard kabi elektron ta’lim platformalaridan faol foydalanadi. Bu platformalar talabalarga o’quv materiallariga kirish, topshiriqlarni topshirish, baholarni ko’rish va o’qituvchilar bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi.

Elektron hujjat aylanishi: Universitet ma’muriyati va o’qituvchilar o’rtasida hujjatlar elektron shaklda almashinadi. Bu qog’ozdan foydalanishni kamaytiradi va hujjatlarni saqlash va qidirishni osonlashtiradi.

Masofaviy ta’limning rivojlanishi: Masofaviy ta’lim dasturlari tobora ommalashib bormoqda, bu esa o’quv materiallarini elektron shaklda taqdim etish va topshiriqlarni onlayn topshirish zaruratini keltirib chiqaradi.

Shunga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda ham bu jarayon to’liq yakunlanmagan va hali ham muammolar mavjud. Tahlillarga ko‘ra,  ba’zi o’qituvchilar elektron tizimlardan foydalanishga tayyor emas yoki ularni o’rganishga vaqt topa olmaydi.

Internetga ulanish muammolari, shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi va elektron topshiriqlarning plagiatga qarshi himoyasi muhim masala hisoblanadi.

Yurtimiz OTMlarida qog‘oz  sarfi qachon kamayadi?

Bugungi kunda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhit tozaligini saqlash borasida qator ishlar ishlar amalga oshirilmoqda. Buning doirasida ta’lim muassasalarida qog’oz sarfini kamaytirish borasida tizimli ishlar qilingani, rost. Xususan, Kundalik.com elektron ta’lim platformasini joriy etish va HEMIS axborot tizmini ishga tushirilishi ham ma’lum ma’noda qog‘ozboz sarfini ancha kamaytirdi. Qolaversa, endilikda, Prezident topshirig’i asosida, Registrator ofislarini tashkil etilishi esa oliygohlarda barcha qog‘oz bilan bog’liq ishlar elektronlashtirilishiga zamin yaratadi. 

Ammo  tan olish kerak, bugunda OTMlarda qog’oz iste’molining yuqorilgini ko‘rish mumkin. Kurs ishlari, mustaqil ishlar, referatlar, imtihonlar, ma’ruzalar va boshqa o’quv materiallari uchun qog’ozning haddan tashqari ishlatilishi ayni haqiqat. Bunda asosiy ikkita muammo:

• Talabalar va o’qituvchilarning qog’ozni tejash bo’yicha yetarli bilimga ega emasligi.

• OTMlarda qog’ozni tejashga qaratilgan  dasturlarning yo’qligi yoki samarasizligi.

Ushbu muammoning dolzarbligini inobatga olgan holda, biz O’zbekistonning turli OTMlarida talabalar o’rtasida qog’oz iste’moli va uni kamaytirish yo’llari bo’yicha so’rovnoma o’tkazdik. So’rovnomada 1000 dan ortiq talaba ishtirok etdi. So’rovnoma natijalari quyidagilarni ko’rsatdi:

Talabalarning 85%i OTMlarda qog’oz iste’molini kamaytirish zarurligini ta’kidladi.

Talabalarning 70%i o’quv materiallarini elektron shaklda olishni afzal ko’rishini bildirdi.

Talabalarning 60%i qog’ozni qayta ishlash tizimini qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytdi.

Talabalarning 50%i ekologik ta’lim va xabardorlikni oshirish bo’yicha tadbirlarda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

So’rovnoma natijalari tahlili asosida biz quyidagi takliflarni ishlab chiqdik:

OTFIVga takliflar:

OTMlarda qog’oz iste’molini kamaytirish bo’yicha aniq maqsadlar va vazifalarni belgilash.

O’quv jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishni yanada kengaytirish:

Kurs ishlari, mustaqil ishlar va boshqa o’quv materiallarini elektron shaklga o’tkazish:

Ekologik ta’limni yanada rivojlantirish:

Talabalarning ekologik ongini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ekologik aksiyalar, tanlovlar, konferensiyalar).

Ekologik loyihalarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishni yanada kengaytirish:

Talabalarning qog’oz iste’molini kamaytirishga qaratilgan innovatsion loyihalarini moliyaviy va tashkiliy qo’llab-quvvatlash:

Doimiy monitoring qilib borish.

Ushbu takliflarni amalga oshirish uchun quyidagi mexanizmlarni qo’llash tavsiya etiladi:

OTFIV qoshida qog’oz iste’molini kamaytirish va ekologik ta’limni rivojlantirish bo’yicha ishchi guruhni tashkil etish va rektorlariga qog’oz iste’molini kamaytirish bo’yicha topshiriqlar berish va ularning ijrosini nazorat qilish.

OTMlardagi talabalar kengashlari va yoshlar tashkilotlarini qog’oz iste’molini kamaytirish bo’yicha tadbirlarni tashkil etishga jalb qilish.

Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan O’zbekiston OTMlarida qog’oz iste’molini kamaytirish, ekologik ta’limni rivojlantirish va asosiysi atrof-muhit musaffolikni ta’minlashga erishish mumkin.

Ishonamizki, vazirlik faol talabalarning takliflari asosida ishlab chiqilgan takliflarni  ko‘rib chiqadi va ularni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralarni yo‘lga qo‘yadi.

OTMlarida qog‘oz iste’molini kamaytirish orqali bugungi dolzab ekologik muammolarni bir emas bir nechasini bartaraf etishga erishish mumkin.