Kriminalogiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatiladi!

“O‘zbekiston Respublikasi Kriminalogiya instituti tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida”gi nizom adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.  

Nizom Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi. Institut quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi:

  • Ekspertlik faoliyati;
  • Noshirlik faoliyati;
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyati;
  • Matbaa faoliyati.

Xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan buyurtmachi institutga yozma yoki elektron shaklada murojaat qiladi. Institutga murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida buyurtmachi va institut o‘rtasida ikki nusxada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi.

Bu orqali aholi o‘rtasidagi sohaga doir murojaatlarni o‘rganish va ularga tez fursatlarda yechim tariqasida xizmat ko‘rsatish yanada takomillashtiriladi. Eng foydali va oson tomoni shundaki, endilikda xizmatdan barcha elektron tarzda foydalana oladi. Shu asnoda, keltirilgan barcha faoliyat turlari bilan bog‘liq masalalar tez fursatlarda hal qilinadi va yetarlicha tushintirish va ko‘mak beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Xizmatlar preyskuranti (narxlari) institut tomonidan bozor konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi!