Koronavirusning yangi varianti kashf etildi

2020-yil insoniyatga kutilmagan zarbasi bilan tahdid solgan Covid 19 virusining yana bir yangi varianti paydo bo‘ldi. Bu haqida O‘zbekiston axborot agentligi (Uza) xabar berdi. Dunyoda koronavirusning yangi FliRT variantlari, KP.2, KP.1.1, KS.1 turlari bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Ularning barcha turi avvalgisiga qaraganda xavfsizroq ekani aytilgan. Ammo nima bo‘lganda ham virusning har qanday turi ham baribir insonga ijobiy ta’sir o‘tkazmaydi.

Ushbu yangi tur genetik koddagi mutatsiyalar nomi sharafiga FLiRT deb nomlangan. FLiRT virusi Omikron oilasiga tegishli bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda dominantga aylanishi mumkin. FLiRT variantlarning belgilarining belgilari omikronnikiga o‘xshaydi: isitma, yo‘tal, tomoq, bosh va mushak og‘riqlari, holsizlik, ta’m yoki hid bilmaslik.

G‘arb mamlakatlarida koronavirusning yangi varianiti bilan bog‘liq holat qandayligiga to‘xtalamiz.

FLiRT variantining tarqalishi tufayli AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) bu yilgi yozda Amerikada koronavirus holatlari ko‘payishini taxmin qilmoqda. CDC ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyining boshidan beri FLiRTning Qo‘shma Shtatlardagi jami koronavirus holatlaridagi ulushi 11 may holatiga ko‘ra 3,8 foizdan 28,2 foizgacha ko‘tarilgan.

Buyuk Britaniyada bu variantlar 15 may holatiga ko‘ra, barcha holatlarning 21 foizini tashkil qilgan. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, FLiRT 14 ta Yevropa davlatida va Isroilda aniqlangan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, omikronning songgi turlari bemorlar «nisbatan oson» boshdan kechirmoqda, ulardan o‘lim darajasi yuqori emas. Shuning uchun yangi turlardan jiddiy o‘zgarishlarni kutmasa ham bo‘ladi. Ammo yakuniy xulosalar, shu jumladan emlash zarurati haqida, turli tadqiqotlar natjalariga tayanib, masalan, virus genomlarini o‘rganish asosida gapirish mumkin.

Har bir inson o’z hayotiga o‘zi mas’ul shuning uchun hozirgi xavf-xatarlarga boy dunyoda nihoyatda ehtiyotkorlik va xushyorlik talab etiladi. Xalqimizda bir gap bor, «Kasalni davolagandanuning oldini olgan yaxshi» deganlaridek, bu ko‘rinmas dushmanni ham faqatgina himoyalangan va barcha tavsiyalarga amal qilgan holatda yengish mumkin.

Nima bo‘lgan taqdirda ham mutaxassislar:

  1.  Qo‘llarni tez-tez yuvish
  2.  Binolarni shamollatish
  3.  Ish joylari va anjomlarni dezinfeksiya qilish,
  4.  Kasallik belgilari bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilmaslik kabi profilaktika choralarini e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqirmoqda.

Maqola muallifi: Jayron Berdiyeva