Understanding IELTS: Techniques for English Language Tests
British Council tomonidan tayyorlangan toʻrtta kurs ingliz tili boʻyicha imtihonlarni, shuningdek, IELTS topshirishda yordam beradi.
Har bir kurs quyidagilarni qamrab oladi:
• testning har bir qismi (speaking, listening, reading, writing) va ularda yuqori ball toʻplash sirlari;
• imtihon oluvchi eʼtibor qaratadigan baholash mezonlari;
• imtihon topshirishda uchraydigan barcha savol turlarini koʻrib chiqish uchun turli sinov uslublari;
• imtihonlarga muvaffaqiyatli tayyorgarlik koʻrish va ingliz tilini yaxshilash boʻyicha maslahatlar va strategiyalar;
• amaliy test va topshiriqlar.
Shuningdek, har bir kurs til oʻrganishni endi boshlaganlar qiladigan xatoliklarni koʻrib chiqadi:
Exploring English: Language and Culture
Ikki soatdan davom etadigan 4 haftalik kurs Britaniya madaniyati bilan birgalikda ingliz tilini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Avstraliyaning Klivlend universiteti tomonidan taqdim etilgan ushbu kurs matnlarni toʻgʻri tuzish va umuman, yozish koʻnikmalari ustida ishlashni xohlovchi ingliz tilini oʻrta va yuqori darajada biladiganlar uchun yaratilgan.
Keyinchalik boshqa matnlarni tahrirlash va xatoliklarni tuzatish boʻyicha ishlashingiz mumkin.
TOEFL® Test Preparation: The Insider’s Guide
TOEFL® imtihonini topshirishga tayyorlanishda yordam beruvchi ushbu kurs ETS, yaʼni test yaratuvchilaridan tayyorlangan boʻlib, ingliz tilini yaxshilash uchun ekspertlar tavsiyalaridan iborat.
Dasturga quyidagilar kiritilgan:
• ingliz tilini yaxshilash uchun tavsiyalar;
• TOEFL testining 4 boʻlagi: oʻqish, eshitish, ogʻzaki va yozma nutq ustida ishlash;
• TOEFL testining baholash usuli;
• ishga joylashish, viza va stipendiyalar olishda TOEFLʼdan foydalanish;
• TOEFLʼga roʻyxatdan oʻtish va imtihonni muvaffaqiyatli topshirish.
Ushbu kurs real muloqotlar va amaliy materiallar asosida ingliz tili grammatikasi oʻrgatadi.
Bundan tashqari, barcha qoidalarni intuitiv ishlata olasiz, shuningdek, miyada oʻzbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilmasdan zamon qoidalariga rioya qila olasiz.