Imtihon biz uchun bayram

Imtihon biz uchun bayrammi? Albatta bunday bo’lishi har kimning o’ziga bog‘liq. Agar abituriyent yillar davomida puxta bilim egallab yaxshigina tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa bu kun albatta bayramga aylanishi shubhasiz. Ammo ayrim ilmsiz, tavakkalchilar ham yo‘q emaski, ular uchun  esa aksincha bo‘lishi ham mumkin. Bu yilgi «bayram»ga ya’ni Abituriyentlar uchun g’alvirni suvdan ko‘taradigan palla – test sinovlariga ham sanoqli kunlar qoldi. 14-28-iyul kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan test jarayonlariga tayyorgarlikni yanada kuchaytirishni maslahat beramiz. Tayyorgarlikki,har tomonlama bo’lsin, ruhan va ma’nan.

Ichki xotirjamlik

Mutaxasislar test topshiruvchida avvalo ichki xotirjamlik bo‘lishi lozimligini uqtiradi. Faqat yaxshi niyat ya’ni «Men albatta o’qishga kiraman, bu testlar menga qiyin emas» kabi so‘zlar bilan o‘zini – o‘zi xotirjam qilishi kerak. Shunda abituriyentni hayajonni – qo’rquv tark etib, diqqati jamlanadi. Shundan so’ng test topshiriqlarini bajarishga harakat qilish maqsadga muvofiq.

Imtihondasiz… Berilgan vaqtda ulgurishim kerak deb ichingizni siqmang, har bir soniyadan unumli foydalaning. Atrofingizga aslo e‘tibor bermang, fikru- diqqatingiz testda bo‘lsin! Avvalo bilgan savollaringizni javoblarini belgilashdan boshlang. Unutmang! Abituriyentlar javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun shaxsan o‘zi javobgar hisoblanadi

 Test javoblarini belgilashda xatо qilmang!

Belgilangan vaqt doirasida test topshiriqlari kitobini yechib, o‘zingiz to‘g‘ri deb topgan javoblarni javoblar varaqasiga belgilang. Bunda, test topshirig‘i raqamiga mos doirachalarni belgilashga e’tibor bering.

Abituriyent test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanishi mumkin.

Test sinovi davomida tarqatilganko‘k rangli sharikli ruchkadan foydalaning.

Har bir test topshirig‘iga faqat bitta javobni belgilang.

Doirachalarni to‘g‘ri belgilang.

Abituriyentlar quyidagi hollarda test sinovlaridan chetlatiladi:

  • mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalardan foydalansa;
  • test materialarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
  • test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
  • test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;
  • test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa.

Abituriyentlarning huquq va majburiyatlari:

  • test topshiriqlarida xatoliklar kuzatilsa, bu haqida guruh nazoratchisiga xabar beradi va buni e’tirozlar blankasiga rasmiylashtiradi.
  • abituriyent test sinovi uchun belgilangan vaqt tugagandan keyin test materiallarini to‘liq holatda guruh nazoratchisiga topshirib binodan chiqib ketadi.
  • belgilangan vaqtda test materiallarini topshirmagan abituriyent test sinovidan chetlashtirilgan deb hisoblanadi va uning javoblar varaqasi bo‘yicha natijalar chiqarilmaydi.

Abituriyent test sinovi natijasidan norozi bo‘lsa,yozma tartibda apellyatsiya komissiyasiga ariza topshirishi mumkin.

Aziz abituriyent! Yuqoridagi tavsiyalarni, huquq va majburiyatlaringizni bilib oling! Bu esa sizni test sinovlaridan muvaffaqqiyatli o’tishingizga yordam beradi. Shundagina imtihon kuni siz uchun – o‘qishga kirgan kuningiz sifatida haqiqiy bayramga aylanishi shubhasiz.